Ehtiyot bo‘ling, SMS-spam!
18.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

17 may kuni Ucell abonentlari quyidagi matnli SMS-xabar olishdi: «Пpивeт Tебе фoто: https:// materzoptom. ru/******/******». Xabar abonent adreslar kitobidagi yoki noma’lum raqamlardan kelgan. Bu yangi turdagi virus faoliyati bo‘lgani sababli SMS-spam tarqalishining birinchi jarayonida filtrlar to‘sig‘iga uchramagan.

SMS-xabarda ko‘rsatilgan manzilga kirganda noma’lum dasturni telefonga o‘rnatish taklif etiladi va ba’zi foydalanuvchilar buni bilmasdan o‘rnatishyapti. Natijada ushbu dastur abonent adreslar kitobidagi barcha raqamlarga huddi shunday SMS yuboradi. Natijada abonent hisobidan pul ketib qoladi. Hozircha asosan bu virus Android foydalanuvchilariga ta’sir etgan.

Diqqat! Ehtiyot bo‘ling, noma’lum internet manzillariga kirmang va bunday SMS olganda darhol o‘chirib yuboring!

Kompaniya ushbu muammoni yechish yo‘lida chora-tadbirlar ko‘ryapti, hususan virusli sayt manzili Ucell tizimida bloklangan va abonentlar ushbu havf haqida SMS orqali ogohlantirilyapti.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq