“Beeline” “Mo‘jizalar davri” Xayriya ko‘rgazmasining xomiysi bo‘ladi
16.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) 17 may kuni “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan “Mo‘jizalar davri” XIII xayriya ko‘rgazmasining xomiysi bo‘ladi.
Xayriya ko‘rgazmasida 1000 dan ortiq buyumlar taqdim qilinadi: suratlar, ochiq xatlar, yumshoq o‘yinchoqlar, zardo‘zi buyumlar, batik, biserdan tayyorlangan buyumlar, tikish, applikatsiya, o‘yma naqsh solingan, daraxtdan gul solib bezalgan buyumlar.
““Mo‘jizalar davri” kabi tadbirda qatnashish nafaqat yoqimli, balki faxrlidir, va biz barcha abonentlarimizni ushbu ko‘rgazmaga taklif qilamiz, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning matbuot kotibi Yuliya Melentyeva. – Bu biz uchun yaxshi an’ana va “Xayrli ishlar” loyihasining davomi bo‘ldi”.
Tadbir “Umidvorlik” imkoniyati cheklangan bolalar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash Markazi va O‘zbeksiton-Yaponiya inson manba’larini rivojlantirish markazining (UJC) PMP Bitiruvchilar Klubi (A-Club) nomidan bo‘lib o‘tadi.
Xayriya ko‘rgazmada yig‘ilgan barcha mablag‘lar ishtirokchi-tashkilotlarga bolalarning ijodiyotini yanada rivojlantirish ishlari uchun yo’naltiriladi.
Manba: kompaniya press-relizi