“VOY-DOD SHOU” chiptalariga “Beeline Club”dan chegirmalar
15.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) “Beeline Club” bonusli dasturining yangi imkoniyatlari haqida xabar beradi. “Beeline Club”ning barcha ishtirokchilari o‘zbek estradasi yulduzlari va Comedy.uz ishtirokidagi “VOY-DOD SHOU” bayramona konsertiga chiptalarni 20% chegirma bilan harid qilishlari mumkin.
Buning uchun abonentlar Turkiston yozgi saroyining g‘aznasiga kelib, g‘aznachining yonida *777*7*101# USSD kodini terishlari va javob tarzida “Vy priobreli skidku 20% na bilet gala-koncerta “VOY-DOD SHOU”/Siz “VOY-DOD SHOU” gala-konsert chiptalariga 20% chegirmaga ega bo’ldingiz! Info www.beelineclub.uz” matnli SMS olishlari, va 20% chegirmani qo‘lga kiritishlari kerak. Chegirmasiz chiptalarning narxi – 20 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha.
“Gold” va “Platinum” tarif rejalarining abonentlari Turkiston saroyining g‘aznachisiga “Beeline Club” kartasini ko‘rsatib, 20% chegirmaga ega bolishlari mumkin. “Beeline Club” chegirmasining narxi – 70 ball. Konsert 18 may kuni soat 18:30da Turkiston saroyining yozgi maydonida bo‘lib o‘tadi.
Manba: kompaniya press-relizi