“Beeline” favqulodda holatlar va ma’lumotlar xizmati raqamlarini terish tartibi o‘zgarganligi haqida xabar beradi
15.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MCHJ va Buzton MChJ QK) O‘zbekistonning barcha hududlaridagi abonentlar uchun favqulodda holatlar xizmati raqamlarini terish tartibi o‘zgarganligi haqida xabar beradi.

beeline_15_05_2014_1

Butun respublika bo‘ylab favqulodda holatlar va ma’lumotlar xizmati raqamlarini tartibga solish va shaharlararo va xalqaro aloqa tarmog‘iga chiqishni xalqaro standartlarga moslashtirish maqsadida quyidagi raqamlar o‘zgartirildi:

  • 01 (yong‘inga qarshi kurashish xizmati) – 101
  • 02 (militsiya) – 102
  • 03 (tez yordam) – 103
  • 04 (gaz avariya xizmati) – 104
  • 050 (qutqaruv xizmati) – 1050
  • 0xx (boshqa xizmatlar) – 10xx

Shunday qilib, Toshkent abonentlari uchun mobil va qo‘zg‘almas telefonlardan yagona terish tartibi o‘rnatilmoqda: 101, 102, 103, 104, 1050 va boshqa, # belgisiz. Kelgusi uch oy davomida yangi xalqaro formatga ravon o‘tish uchun ham yangi, ham eski raqam terish turlari amal qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq