“Beeline” yanvar oyidan mart oyigacha tarmoq rivojlanishiga qo‘shimcha $21 000 000 sarmoya qildi
14.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatorining shu yilning I choragida tarmoq kengayishiga qilgan sarmoyasi 21 mln AQSh dollarini tashlik etdi. Shu bilan birga mart oyining so‘ngida “Beeline” abonentlarining soni 10 422 000 kishiga yetdi.

2014 yilning 14 mart kuni yetakchi halqaro telekommunikatsion provayderlardan biri VimpelCom Ltd (“Beeline” savdo belgisi) I chorak bo‘yicha moliyaviy va operatsion natijalarini e’lon qildi.

O‘zbekistonda EBITDA ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning ishdan chiqishi, aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan nomoddiy aktivlar va zararlarning amortizatsiyasini hisoblashgacha bo‘lgan operatsion foyda) yil davomida 3% o‘sdi. Shu bilan birga operatsiyalarning marjinalligi 64,4 foizgacha 0,8 foizli punktga pasaydi.

O‘zbekistonda “Beeline”ning abonent bazasining soni birinchi chorak yakunlari bo‘yicha 10 422 000 kishini tashkil qildi. Shunday qilib, yil davomida abonentlik shartnomalirining o‘sish ko‘rsatkichi qariyb 120 000 ni tashkil qildi (+1%). Bir oyda bitta mobil aloqasi abonentiga bo‘lgan o‘rtacha hisob (ARPU ko‘rsatkichi) $5 darajasida saqlanib qoldi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bitta abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar ko‘rsatkichi) – bir yil avvalgi 425 daqiqaga nisbatan 465 daqiqa.

Vimpelcom Ltd ning birinchi chorakdagi birlashtirilgan daromadi 5 milliard AQSH dollarini tashkil qildi. EBITDA ko‘rsatkichi 2,1 milliard AQSH dollari darjasida belgilandi, EBITDA birlashtirilgan marjasi esa 41,6% ni tashkil qildi.

«Biz tarmoqni tezlashtirgan holdagi qurilishini davom etmoqdamiz, chunki “Beeline” aloqasining sifati biz uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Rahnamo barcha joyda rahnamo bo‘lib qolishi kerak, sarmoyalar hajmida ham: kompaniyamizga O‘zbekistonning 10 milliondan ortiq aholisi ishonadi, shuning uchun birinchi navbatdagi vazifamiz – rivojlanish va innovatsiyalarga ahamiyat bergan holda ularni yuksak darajadagi xizmat ko‘rsatish bilan ta‘minlash”, – chorak yakunlarini sharhladi Unitel MCHJ Bosh direktori Aleksandr Vorobyov.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq