“Beeline”da amaliyot o‘tash uchun arizalar qabuli yakunlandi
13.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) mamlakatning III va IV kurs talabalari uchun “Uchinchi avlod-2014” amaliyot o‘tash dasrutida ishtirоk etish uchun so‘rovlarni yig‘ishni yakunlagani haqida xabar beradi.

beeline_13_05_2014

Hammasi bo‘lib 150ta ariza topshirilgan, ularning ichidan 77 nomzod yaqin orada test sifatida bo‘lib o‘tadigan ikkinchi bosqichga o‘tdilar. Eslatib o‘tamiz, bu yili “Beeline” “Uchinchi avlod” dasturini kengaytirdi, buning natijasida MDIST, Halqaro Vestminster universiteti, Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Instituti, MDU, MTI, O‘zMU, Neft va Gaz RDU, TDTU, TATU, Turin Politexnika universiteti, TMI, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va JIDU talabalаri kompaniyada amaliyot o‘tash istagini bildirdilar.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Olti yil davomida eng yaxshi talabalarga telekom-sohasining yetuk kompaniyasida karyera boshlash imkonini bermoqdamiz. Ishonaman, bu yerda ular tanlagan sohada professional sifatida kelgusi rivojlanishlari uchun baholi tajriba, bilim va malaka olishlari mumkin. Qo‘shib o‘tishim joiz, “Uchinchi avlod” dasturi tufayli bizning kompaniyamizda ko‘p sonli yosh va muvaffaqiyatli xodimlar faoliyat olib bormoqdalar”.

Ikkinchi bosqich — test natijalariga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plagan talabalar xodimlarni tanlash bo‘yicha mutaxassis va bo‘lg‘usi rahbari bilan suhbatga taklif qilinadilar. Eslatib o‘tamiz, 2014 yilda “Beeline”da amaliyot o‘tash tijorat, texnik va IT-bo‘limlarida ochilgan.

Amaliyot natijalariga ko‘ra eng muvaffaqiyatli talabalarga o‘qish bilan moslashgan holda maxsus ish jadvali, istiqbolda esa “Beeline”ning doimiy xodimi ish o‘rni beriladi. “Uchinchi avlod” amaliyot o‘tash doirasi 2014 yilning iyun-avgust oylariga rejalashtirilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq