TATU Qarshi filialida “Eng yaxshi veb-sayt va dasturiy ta’minot” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
12.05.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

tatu_12_05_2014

Joriy yilning 2-may kuni TATU Qarshi filialida Milliy segmentni Respublikamizda ishlab chiqarilgan axborot-resurslari va tizimlari bilan boyitish, milliy dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchi yosh dasturchilarni aniqlash, saralash va ularni rag‘batlantirish, yaratilayotgan veb-saytlar va dasturiy mahsulotlar sifatini hamda ulardagi axborot xavfsizligini oshirish, kelgusida davlat buyurtmalarini bajarishda, saralab olingan dasturchilarni jalb etish va ularning qobiliyatlarini baholash va zamonaviy internet texnologiyalarini jamiyatning turli sohalariga – davlat boshqaruvi, ta’lim, madaniyat va biznes sohalariga tatbiq etilishini rag‘batlantirish maqsadida, Qashqadaryo viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali hamkorligida Viloyatda “Eng yaxshi veb-sayt va dasturiy ta’minot” ko‘rik-tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

tatu_12_05_2014_1

Shundan so‘ng tanlov ishtirokchilari hamda viloyat hududida ta’lim olayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi va talabalar korxonalar ishini avtomatlashtirishga qaratilgan “Eng yaxshi dasturiy ishlanma” hamda mobil qurilmalar uchun yaratilgan “Eng yaxshi mobil ilova ishlanmasi” nominatsiyalari bo‘yicha o‘z ijodiy ishlanmalarini hakamlar hay’ati a’zolariga taqdim etdilar. “Eng yaxshi tadbirkor veb-sayti”, Madaniyat, sport va ta’lim sohasidagi “Ta’limga oid eng yaxshi veb-sayt”, Turizm, tarixiy yodgorliklarni va ma’naviy qadriyatlarni aks ettirgan “Eng yaxshi turistik veb-sayt”, bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan “Yoshlarga oid eng yaxshi veb-sayt” nominatsiyalari bo‘yicha saralash bosqichlari davom etdi. Tanlov g‘oliblari va sovrindorlarining nomlari 2014-yil 7-may kuni bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida e’lon qilindi.

Tantanali taqdirlash marosimi
O‘sib kelayotgan yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash, korxona, tashkilot, muassasalar veb-saytining mazmundorligini oshirish, betakror dizayn yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida jismoniy hamda yuridik shaxslarga veb-saytlardan foydalanish orqali ma’lumotlar taqdim etilishi ko‘lamini kengaytirish, shu bilan birga, iqtidorli yoshlarimizni moddiy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida Qashqadaryo viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi Qashqadaryo hududiy boshqarmasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali hamkorligida 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturi doirasida 1-6 may kunlari Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan “Eng yaxshi veb-sayt va dasturiy ta’minot” ko‘rik-tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi joriy yilning 7-may kuni M.Toshmuxamedov nomli viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tdi.

tatu_12_05_2014_2

Таntanali taqdirlash marosimini viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Erkin Mamadiyorov kirish so‘zi bilan chiqib, barcha ishtirokchilarni tabriklab, o‘z tabrigida viloyatda “Eng yaxshi veb-sayt va dasturiy ta’minot” ko‘rik-tanlovining o‘tkazilishi yoshlarning nafaqat bilim olishga, balki yangiliklar yaratish yo‘lida tinim bilmay, izlanishga undashi va viloyat yoshlarining o‘z iqtidorlarini namoyon etishida mazkur tanlovlarning o‘rni va ahamiyati katta ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

tatu_12_05_2014_3

Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar orziqib kutgan vaqt ham yetib keldi, ya’ni tanlov g‘oliblari nomlari e’lon qilindi. Jumladan, 1-nominatsiya: Korxonalar ishini avtomatlashtirishga qaratilgan “Eng yaxshi dasturiy ishlanma” bo‘yicha 3-o‘rinni «Sonlarni taqqoslash» ishlanmasi bilan G‘uzor tumani 1-sonli o‘rta umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Mavlonov Azamat Abdirahmonovich, 2-o‘rinni «Davomat monitoringi axborot tizimi» ishlanmasi bilan TATU Qarshi filiali AKT-12-guruh talabasi Javlon Qahramonov, 2-nominatsiya: Mobil qurilmalar uchun yaratilgan “Eng yaxshi mobil ilova ishlanmasi” bo‘yicha 3-o‘rinni «Smart Dictionary» Android platformasida lug‘at dasturi bilan TATU Qarshi filiali IAT-31-guruh talabasi Baxtiyor Begmatov egalladi.

tatu_12_05_2014_4

3-nominatsiya: “Eng yaxshi tadbirkor veb-sayti” nominatsiyasi bo‘yicha 3-o‘rinni medclinic.tuitkf.uz sayti bilan TATU Qarshi filiali IAT-31 guruh talabasi Muzaffar Korayev, www.berb.uz sayti bilan Qarshi Axborot texnologiyalar kasb-hunar kolleji 2-kurs talabasi Suxrob Mahmaniyozov,

tatu_12_05_2014_5

4-nominatsiya: Madaniyat, sport va ta’lim sohasidagi “Ta’limga oid eng yaxshi veb-sayt” bo‘yicha 3-o‘rinni http://new.otabekshou.uz/ sayti bilan Qarshi Axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji 3-kurs talabasi Ruslan Rustamov, 2-o‘rinni ta’lim muassasalarini rivojlantirish ishi bilan QDU Axborot texnologiyalari markazi dasturchi muhandisi Yashin Jumayev,

tatu_12_05_2014_6

1-o‘rinni www.voha.uz sayti bilan viloyat futbol federatsiyasi veb-administratori Olimjon Tolipov,

5-nominatsiya: Turizm, tarixiy yodgorliklar va ma’naviy qadriyatlarni aks ettirgan “Eng yaxshi turistik veb-sayt” bo‘yicha 3-o‘rinni Milliy qadriyatlar ishi bilan QDU 2-kurs talabasi Nigora Zokirova,

tatu_12_05_2014_7

TATU Qarshi filiali AKT-12 guruh talabasi www.qarshi.uz sayti bilan Davlat Ganiyev, 2-o‘rinni www.ekskursiya.uz sayti bilan Qarshi Axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji 2-kurs talabasi Bexruz Xolmo‘minov, 1-o‘rinni sohibqiron.uz sayti bilan TATU Qarshi filiali 1-kurs magistri Bekzod Ochilov,

6-nominatsiya: Bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan “Yoshlarga oid eng yaxshi veb-sayt” bo‘yicha 3-o‘rinni www.iqtidor.uz sayti bilan TATU Qarshi filiali IAT-44 guruh talabasi Jamshid Saitmurodov,

tatu_12_05_2014_8

2-o‘rinni www.ki.uz sayti bilan TATU Qarshi filiali KI-11 guruh talabasi Erkin Pardayev g‘olib deb topildilar.

tatu_12_05_2014_9

Tanlov g‘oliblariga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Erkin Mamadiyorov maxsus diplom va estalik uchun qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi.

tatu_12_05_2014_10

G‘оliblar taqdirlangandan so‘ng taniqli san’atkorlar ijrosida kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali

tatu_12_05_2014_11

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi PQ-91 sonli «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 14- iyun 130-sonli «Oliy ta’lim muassasalari filiallari to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005-yil 21-iyul’ 07-8/2015 – sonli taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida Qarshi shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali tashkil etildi.

tatu_12_05_2014_12

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 700dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Talabalarning mustaqil ishlashlari, ijodiy ishlar olib borishlari uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari, Axborot-resurs markazi va o‘quv zallari ham talabalar ihtiyorida. Filialda 5ta fan kafedrasi faoliyat ko‘rsatmoqda, 6ta kompyuter xonalari talabalar xizmatida.

tatu_12_05_2014_13

Filialda qavatli talabalar turar joyi ham mavjud bo‘lib, bu yerda barcha zamonaviy shart-sharoitlarga ega ma’naviyat xonasi, kutubxona va dam olish xonalari, shuningdek, sportning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun trinajyor xonalari ajratilgan. Filialda talabalar bilan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Milliy bayramlar, Konstitutsiya kuni, Til bayrami, Xalqaro talabalar kuni, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro‘z kabi bayram va muhim sanalarga bag‘ishlangan maxsus tuzilgan ssenariylari asosida, tantanali tarzda nishonlanadi. Talabalar respublika va xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etadilar.

Manba: www.tuitkf.uz

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq