Toshkent shahridagi Inxa universitetiga onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi
11.05.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

Joriy yilning 7 mayidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2014 yil 24 mart kuni imzolangan “Toshkent shahridagi Inxa universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori asosida faoliyatini boshlayotgan Toshkent shahridagi Inxa universitetiga onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi. Universitetda o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar Toshkent shahridagi Inxa universitetining www.inha.uz veb-sayti orqali elektron so‘rovnomani to‘ldirishlari mumkin.

Avval xabar berganimizdek, abituriyentlar Toshkent shahridagi Inxa universitetining Axborot va kommunikatsiya injiniringi hamda Kompyuter fanlari va injiniringi fakultetlaridan biriga hujjat topshirishlari mumkin.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyent tomonidan o‘zi haqidagi ma’lumotlar, xususan, abituriyentning to‘liq ism-sharifi, tug‘ilgan yili, oyi va kuni, fuqarolik pasporti to‘g‘risidagi ma’lumot, fotosurat, IELTS (Xalqaro ingliz tili test tizimi) sertifikati natijasi, ta’lim olgan muassasasi nomi va manzili va boshqa ma’lumotlar kerak bo‘ladi.

Shuningdek, abituriyentning tarjimai holi (500 so‘zdan oshmagan), mazkur yo‘nalishni tanlashining maqsadi va sabablariga bag‘ishlangan insho (800 so‘zdan oshmagan), shuningdek abituriyentning o‘ziga xos qobiliyati, iste’dodi to‘g‘risida ham 700 so‘zdan oshmagan ma’lumot kiritilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddati 2014 yil 7 maydan 20 iyungacha davom etadi. Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar hujjatlarni Toshkent shahridagi Inxa universitetining qabul komissiyasiga joriy yil 6 iyundan 20 iyunga qadar taqdim etishlari zarur.

Batafsil ma’lumot: www.inha.uz saytida.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq