“Beeline” 9 may kuni faxriylar uchun har yillik aksiyada ishtirok etadi
08.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) 9 may – Xotira va Qadrlash kuni www.autocenter.uz sayti tomonidan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari uchun tashkillashtirilgan tabrik aksiyasida ishtirok etadi. Tadbir doirasida “Beeline” xodimlari yuzlab faxriylarning uylariga ular polkdosh va yaqinlariga butun dunyo bo‘ylab bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari uchun tashrif buyuradilar.

beeline_8_05_2014

Voqeani sharhlar ekan, MChJ “Unitel”ning Toshkentdagi hududiy filialining direktori Dmitriy Resh shunday dedi: “Kelajagimizni himoya qilgan urush qatnashchilari va front orti mehnatkashlariga minnatdorchilik bildirilayotgan bu bayramona kunlarda ushbu umumiy ishga qo‘shilganimizdan juda xursandmiz. “Polkdoshga qo‘ng‘iroq-2014” aksiyasi ofislar doirasidan chiqmoqda, va 9 may kuni yuzlab faxriylarga dunyoning istalgan nuqtasiga polkdosh do‘stlari va yaqinlari bilan bayramona kayfiyat bilan bo‘lishish va yangiliklarni bilish uchun uylaridan qo‘ng‘iroq qilish imkoni beriladi”.

Eslatib o‘tamiz, 25 apreldan 10 maygacha “Beeline” O‘zbekistonning 20ta shahrida “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasini o‘tkazmoqda. Aksiya doirasida kompaniyaning barcha 28ta shaxsiy ofisida uyali so‘zlashuv punktlari ochilgan, u yerdan urush faxriylari va mehnat fronti faxriylari dunyoning istalgan nuqtasiga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq