“Nuroniy” jamg‘armasi va “Beeline” faxriylarni G‘alaba shodiyonasi bilan tabrikladilar
07.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi va eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Xotira va Qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari hamda mehnat fronti faxriylarini joylarda tabrikladilar.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Nuroniy” Jamg‘armasi Markaziy Kengashining raisi Erkin Bakibayev quyidagilarni qayd qildi: “Faxriylarni qutlash – xalqimizni birlashtiradigan eng yaxshi an’analardan biridir, “Beeline” esa uning аjralmas qismiga aylangan. Barcha urush qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari va fondimiz nomidan ushbu oliyjanob ishda ishtirok etgan barcha tashkilotlarga minnatdorchilik bildiraman”.

beeline_7_05_2014_1

2 maydan 7 maygacha poytaxt va Toshkent viloyatining barcha faxriylari 9 mayga sovg‘a to‘plamlari va tabriklarni oldilar.

“O‘zbekistonning ushbu G‘alabaga qo‘shgan hissasi bebaho, bizning ozodligimizni himoya qilganlar oldida bir umrga qarzdormiz, – deydi MChJ “Unitel”ning bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – Ham respublika rahbariyati, ham jamiyat tomonidan faxriylarimiz hurmatda bo‘lishlari juda quvonarli. Ayniqsa ta’kidlab o‘tish joiz, bu tabriklar barcha “Beeline” abonentlaridan kelib chiqmoqda. Xotira va Qadrlash kuni bilan!”

beeline_7_05_2014_2

Eslatib o‘tamiz, 25 apreldan 10 maygacha “Beeline” O‘zbekistonning 20ta shahrida “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasini o‘tkazmoqda. Aksiya doirasida kompaniyaning barcha 28ta shaxsiy ofisida uyali so‘zlashuv punktlari ochilgan, u yerdan urush faxriylari va mehnat fronti faxriylari dunyoning istalgan nuqtasiga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq