“Beeline”ning bosh direktori abonentlarning savollariga javob berishga tayyor
06.05.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

beeline_6_05_2014

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) kompaniya rahbariyati va mijozlar o‘rtasida yangi aloqa kanalining ishga tushgani haqida xabar beradi. 6 maydan boshlab abonentlar “Beeline” faoliyati haqida savol va tilaklarini GD@beeline.uz elektron manzili orqali yuborib, bevosita bosh direktorning o‘zidan javob olishlari mumkin.

“Biznes-jarayonlarning ochiq-oydinligi doimo “Beeline”ning tashrifnomasidir, – deydi Unitel MChJ bosh direktori Aleksandr Vorobyov. – Yangi elekrton quti aslo call-markazi, korporativ sayt yoki ijtimoiy tarmoqlardagi uyushmalarning o‘rnini egallamaydi. Lekin ko‘p hollarda abonentlarda umumiy savollar paydo bo‘ladi: ularni kompaniya rejalari, tarmoqning kengayishi va rivojlanishi haqidagi savollar qiziqtiradi. Ko‘pchilik nafaqat 0611 operatoriga, balki “Beeline”ning bevosita rahbariga o‘z savolini berishni istaydi. Mijozlarning hatlariga maksimal darajada e‘tibor qaratishga va’da beraman”.

GD@beeline.uz elektron manzili doimiy ravishda amal qiladi, kompaniya yozuvlarning maxfiyligini kafolatlaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq