Bakuda kompyuter o‘yinlari bo‘yicha 6-jahon Chempionati o‘tkaziladi
06.05.2014
Rukn: Kompyuter o‘yinlari.
Muallif: .

chemp_5_05_2014

Joriy yilning 1-may kuni Baku shahrida kompyuter o‘yinlari sporti bo‘yicha 6-jahon Chempionatini o‘tkazilishiga taalluqli masalalar to‘g‘risida Memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ozarbayjon kibersport Federatsiyasi xabar berdi. Eslatib o‘tamiz, shunday imkoniyat haqida Infocityda ilgari ham xabar berilgandi. Memorandumni imzolash marosimida Ozarbayjon yoshlar va sport vaziri Azad Ragimov, Xalqaro kompyuter sporti federatsiyasi bosh kotibi (IeSF) VonSuk O (WonSuc Oh) hamda Ozarbayjon kibersport Federatsiyasi prezidenti Ramil Aliyevlar ishtirok etishdi.

Memorandum doirasidа quyidagilar haqidagi kelishuvlarga erishildi:
1. Tadbirning rasmiy nomi 6th e-Sports World Championship BAKU 2014 (Kompyuter o‘yinlari bo‘yicha 6-jahon Chempionati BAKU 2014).
2. O‘tkaziladigan mamlakat/shahar: Ozarbayjon/Baku.
3. O‘tkazish vaqti 2014-yil 12-noyabrdan 17-noyabr kunlarigacha (texnik masalalarni hal etish bilan bog‘liq o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin).
4. O‘tkazish joyi: Baku Crystal Hall.

Bundan tashqari, o‘yin turlari rasmiy qoidalariga muvofiq IeSF tashkiliy qo‘mitasi erkaklar va ayollar toifasida ikki o‘yin turini tanlab oladi va tashkilotchi-mamlakat 3-4ta qo‘shimcha o‘yin turini taklif etish huquqiga ega hamda IeSF tomonidan quyidagi rasmiy o‘yin turlari aniqlandi:

chemp_5_05_2014_1

1. erkaklar orasida:
— DOTA 2 (VALVE)
— STARCRAFT II: HEART OF SWARM (BLIZZARD)
2. ayollar orasida:
— STARCRAFT II: HEART OF SWARM (BLIZZARD)
— TEKKEN TAG TOURNAMENT 2 (NAMCO BANDAI)

chemp_5_05_2014_2

Hozirgi vaqtda: Street Fighter Series, Hearth Stone, Pro Evolution Soccer va bir qator boshqa qo‘shimcha o‘yinlar kiritilishi mumkinligi ko‘rib chiqilmoqda, tashkiliy va litsenziyalashtirishga bog‘liq masalalar hal etilmoqda. Qo‘shimcha ma’lumotlarni Ozarbayjon Kibersport Federatsiyasining Facebookdagi https://www.facebook.com/AzerbaijanCybersportFederation sahifasi yoki https://www.facebook.com/IeSFederation ijtimoiy tarmoqdagi IeSF sahifalaridan olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq