Qiziqarli FAKTlar
01.05.2014
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova.

Axborot texnologiyalari sohasidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni chop etishda davom etamiz. Mazkur sahifamizda Silikonli vodiy haqida so‘z boradi.

Silikonli vodiy

akt_1_05_2014

Silikonli vodiy yoki Kremniyli vodiy — ingliz tilida Silicon Valley bo‘lib, Kaliforniya shtati San-Fransisko shahri (AQSH) hududining janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan, kompyuterlar, ayniqsa, mikroprotsessorlar, shuningdek, dasturiy ta’minot, mobil aloqa, biotexnologiya qurilmalari va boshqalar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro bog‘liq yuqori texnologik kompaniyalari majmuasidir.

Texnologik markazning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga yetakchi universitetlar, kamida bir soat yo‘l bosish kerak bo‘ladigan yirik shaharlar, yangi kompaniyalarning moliyaviy ta’minlanishi, shuningdek, O‘rta yer dengizi kabi iqlim zarur bo‘ladi.

Bir qator boshqa innovatsion klasterlarni AQSH va boshqa mamlakatlarda yaratilganligiga qaramay, Silikonli vodiy shunday turdagi yetakchi markaz hisoblanadi, — jumladan, AQSH’da yo‘naltirilgan barcha venchur kapital investitsiyalar uchdan bir qismini tashkil qiladi.

akt_1_05_2014_1

Ingliz tilidagi boshlang‘ich nom Selikonli vodiy — Silicon Valley yarim o‘tkazgichlarni ishlab chiqarishda kremniydan foydalanilishi yarim o‘tkazgichli priborlar (diod, tranzistor, mikrosxemalar) sababli paydo bo‘lgan. Aynan mazkur industriyada vodiy tarixi texnologik markaz sifatida boshlandi. Birinchi bor mazkur nom 1971-yil 11-yanvar kuni jurnalist Don Xefler tomonidan o‘zining «AQSH Kremniyli vodiy» (ingliz tilida «Silicon Valley USA») seriyali maqolalarining sarlavhasida qo‘llanilgan.

Silikonli vodiy shartli tushuncha bo‘lib hisoblanadi va kartografiyada belgilanmaydi
Dastlab Silikonli vodiy nomi bilan Kaliforniya shtati San-Fransisko shahrining janubiy g‘arbida joylashgan hududni ifodaladilar, Stenfordsk universitetidan San-Fransisko ko‘rfazining shimoliy-sharqi, Santa-Kruz tog‘-tizmasining shimoliy hamda qirg‘oqdan janubiy-sharqiy tomon cho‘zilgan. Mazkur hududda taraqqiy etgan katta shahar paydo bo‘lgunga qadar mevali bog‘lar, (O‘rta yer dengizidagi kabi yumshoq iqlimi sababli) bu yer Yurakka huzur bag‘ishlovchi vodiy (ingliz tilida Valley of Heart’s Delight) nomi bilan atalgan.

akt_1_05_2014_2

Hozirda Silikonli vodiy geografik qamrovi jihatidan Santa-Klara vodiysi shimoliy maxsus rivojlanish qismini va unga tutashgan San-Fransisko yarim oroli shimoliy-g‘arbiy hamda San-Fransisko ko‘rfazi sharqiy qirg‘og‘i shimoli-sharqiy qismini o‘z ichiga oladi.

San-Mateo va Palo-Altodan Frimontaning sharqiy qirg‘og‘ida San-Xose orqali Sanniveyl markazida joylashgan, ya’ni Rashen-Rij (Russian Ridge), Monte-Bello (Monte Bello Ridge) va qirg‘oq tizimlari, vodiy Santa-Klara (ingl.) shimoliy, Koyot-Pik (Coyote Peak) tog‘lari bilan o‘ralgan, vodiy Vest (West), Almaden (Almaden), Evergrin (Evergreen), Palm (Palm) va Mishen (Mission) chegaradosh.

Biroq Silikonli vodiyni yuksak texnologik kompaniyalar konsentratsiyasi maskani, geografik istisno tariqasida tushuniladi. Masalan, Santa-Kruz tog‘i bo‘ylab, avtomobil yo‘llari CA-17 orqali Skots-Valli shahridan Santa-Kruz shahriga, janubroq tomonda joylashgan yerlar ham Silikonli vodiyning bir qismi hisoblanadi, u yerlarda ayrim korxonalar va Mauntin-Vyuda joylashgan Oy va Marsni o‘rganish bo‘yicha Jozef Eyms (ingliz tilida NASA Ames Research Center) nomidagi NASA Tadqiqotchilik markazi uchun mutaxassislarni tayyorlovchi Kaliforniya uni-versiteti, shu bilan bir qatorda, Livermor vodiysidan shimoliy-sharq tomonda Livermor va Plezanton shaharlarini ham Silikonli vodiyga kiritadilar, sababi u yerda joylashgan bir qator kompaniyalar bo‘linmalari dasturiy ta’minotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan (masalan, Symantec, Oracle Corporation, AT&T, Sage Software, BMC Software); ikkinchidan, Lourensa Livermora nomidagi milliy laboratoriya NASA’ning va Sandiya milliy laboratoriyaning Kaliforniya bo‘linmasi, yadro, lazer texnologiyasi, superkompyuterlar (masalan, BlueGene/L), quvvatning muqobil manbalari va boshqa tadqiqot va ishlanmalar muassasalari shu hududda joylashgan.

Bundan tashqari, birinchi navbatda, boshqa mintaqa — «Uch vodiy» (ingliz tilida Tri-Valley), uni sharqiy tomondan San-Fransisko bilan tutashtiradi, mazkur maskan an’anaviy ekologik toza va vinochilik bo‘yicha mashhur joylardir. Bunga asosan ekologik tashkilotlar qat’iy talablari sababli erishilgan.

Silikonli vodiy poytaxti sifatida norasmiy tarzda San-Xose shahrini tilga oladilar.

Vodiy texnologik markaz sifatida
San-Fransisko ko‘rfazi qismi uzoq yillar mobaynida AQSH’da VMS tuzilmalari ishlanma va tadqiqotlarining asosiy maskani hisoblangan. 1909-yilda AQSH’ning San-Xose shahrida Charlz Gerold dastlabki radiostansiyani ishlab chiqqan, keyinroq Stenford bitiruvchisi Siril Elvill radiouzatkich texnologiyasiga patent oldi va Palo-Altoda Federal Telegraph Corporation’ni tashkil etdi. Uzoq yillar mobaynida uning kompaniyasi (FTC) jahonda birinchi global radiotarmog‘ini ishga soldi va 1912-yil AQSH’da VMS bilan shartnomani imzoladi.

1933-yil AQSH hukumati tomonidan Sanniveyl aviabazasida VMS stansiyasi ochildi. Mazkur stansiya USS Macon dirijabli uchun (keyinchalik 1-sonli angar deb atalgan) angar bilan jihozlangandi. Keyin mazkur stansiya Moffett Field deb qayta nomlandi, 1933–1947 yillar mobaynida harbiy dirijablning tayanch joyiga aylandi. Aviabaza ehtiyojlari uchun xizmat qilish uchun uning atrofida yaratilgan texnologik kompaniyalar soni ortib boradi. AQSH VMS kuchlari dirijabllarni rivojlantirish dasturini tugallab va VMS stansiyasi San-Diyegoga ko‘chib o‘tgandan so‘ngi aviatsiya sohasida istiqbolli tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi Aeronavtika Milliy Konsultativ Kengashi (ilgarigi NASA) uning o‘rnini egallaydi.

Stenford industrial bog‘i

akt_1_05_2014_3

HP ish boshlagan Palo-Altodagi garaj

Stenford industrial bog‘ining tashkil etilishi vodiyni rivojlantirishda katta rol o‘ynagan omillardan biri bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Stenford universitetida talabalar soni keskin ko‘paydi va qo‘shimcha mablag‘larga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Universitet katta yer maydoniga ega bo‘lgan (deyarli 32 km2) va (universitet asoschisi Leland Stenfordning vasiyatiga binoan) bu yerlarni sotish huquqiga ega bo‘lgan. Mana shunday vaziyatda injenerlik fakulteti dekani, professor Frederik Terman ofis bog‘i sifatida foydalanish uchun yerni uzoq muddatli ijaraga berishni taklif etadi. Shu yo‘l bilan o‘quv maskani yerdan foydalanish bo‘yicha daromad ola boshladi, kompaniya-lar esa lizing vositalaridan imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Yuqori-texnologik kompaniyalar uchun mana shunday ijara uchun cheklovlarning kiritilishi universitetning ikkinchi asosiy muammosini hal etishga imkon berdi — Stenford universiteti bitiruvchilari uzoq bo‘lmagan joyda ish topish imkoniga ega bo‘ldilar; kompaniyalarning yuqori malakali mutaxassislarni izlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolari ham hal etildi. Terman ilgari ham o‘z talabalariga universitet yaqinida kompaniyalarni yaratishni maslahat qilgan, u xususan, 1939-yilda Hewlett-Packard (HP)ni tashkil qilgan, Xyulett va Pakkardlar mentori bo‘lgan. HP 1960-yilgacha yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarmagan bo‘lsa ham, u ramziy ravishda, Silikonli vodiy birinchi kompaniyasi hisoblanadi.

«Varian Associates»(klistronlar kashfiyotchisi va ishlab chiqaruvchisi) Stenford industrial bog‘iga ko‘chib o‘tgan birinchi kompaniya hisoblanadi. 1951-yilda kompaniya yerni ijaraga olish shartnomasini imzoladi, 1953-yilda esa kompleksda qurilgan birinchi binosiga ko‘chib o‘tdi. Keyin bu yerda «Eastman Kodak», «General Electric», «Shockley Semiconductor Laboratory», «Lockheed», «Hewlett-Packard» ofislari va boshqa kompaniyalar ochildi. Endi «Silikonli vodiy otalari» (ingliz tilida The Father of Silicon Valley)dan birini Frederik Terman deb ataydilar.

Yarim o‘tkazgich industriyasining yuzaga kelishi
Palo-Altodagi bino, bu yerda birinchi amaliy integral mikrosxemani yaratdi. Vodiyning yana bir «otasi» fizik Uilyam Shokli hisoblanadi. Bell Labs kompaniyasida faoliyati davomida Shokli boshqa ikki tadqiqotchilar bilan birgalikda tranzistorli hodisani kashf etadi va birinchi germaniyli bipolyar tranzistorni yaratadi. Tadqiqotchilar shu kashfiyotlari uchun 1956-yil uchun fizika sohasi bo‘yicha Nobel mukofotiga sazofor bo‘ladilar. Qator sabablarga ko‘ra (shaxsiy, lavozimli va ilmiy), Shokli kompaniyani tark etadi va Kaliforniyaga ko‘chib o‘tadi. U yerda 1955–56-yillarda, Arnold Bekman moliyaviy yordami asosida, u Mauntin-Vyuda Shockley Semiconductor Laboratoryni tashkil etadi. Kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri tranzistorlar ishlab chiqarilishida kremniydan foydalanish texnologiyasini (ancha qimmatroq va yuqori haroratlarga kamroq chidamli bo‘lgan yarimo‘tkazgichli material — germaniy o‘rniga) yaratish hisoblangan. Shokli yosh va iste’dodli tadqiqotchilarni o‘z atrofiga to‘p-lashga erishadi, biroq uning boshqaruv avtoritar usuli va 4-qatlamli diod bilan qiziqishi (zamonaviy tiristorni eslatuvchi) 8 nafar xodimning kompaniyadan ishdan bo‘shab ketishlari va Fairchild Semiconductor kompaniyasini tashkil etishlariga olib keladi. Shokli Kompaniyasi daromad o‘rniga zarar keltirib ishlashda davom etadi va oxir-oqibat sotib yuboriladi. Shoklining o‘zi esa, Stenford universitetiga o‘qituvchi bo‘lib ishga o‘tadi.

akt_1_05_2014_4

Google kompaniyasi ofisi

Fairchild Semiconductor kremniyli tranzistorlar ishlab chiqarish asosini tashkil etgach, bu sohada muvaffaqiyatli tijorat loyihalarini yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya yarim o‘tkazgich elementlari va yarim o‘tkazgich priborlarini tadqiq etish hamda ishlab chiqishda yetakchilardan biriga aylandi. Kaliforniya texnoparkidan shakllanish jarayonida Kremniy Vodiy rivojlanib bordi. Deyarli Texas Instruments kompaniyasining germaniyli integral sxemasi bilan bir vaqtda, Robert Noys kremniyli integral sxemani kashf etdi.

Bir necha yillar davomida integral sxemalar asosiy buyurtmachisi davlat bo‘lib kelgan. Xususan, Apollon seriyali kosmik apparatlar bort kompyuterlari Fairchild Semiconductor kompaniyasi integral sxemalari asosida yig‘ilgan (Texas Instruments Minitmen-2 — qit’alararo ballistik raketalari uchun mikrosxemalar yaratgan va ishlab chiqargan). 60-yillar o‘rtalarida yarimo‘tkazgichli integral sxemalar narxi keskin tushib ketdi. Narxining arzonlashib ketishi kompyuterlar ishlab chiqaruvchilari va sanoat tomonidan extiyojning o‘sishiga olib keldi. Buning natijasida, ushbu sohaga venchur kapitalda qiziqish paydo bo‘ladi.

akt_1_05_2014_5

Intel kompaniyasi ofisi

2006-yil ma’lumotlariga muvofiq Silikonli vodiy — kattaligi bo‘yicha (yuksak texnologiyalar sohasida band bo‘lgan — 225 300 ishchi o‘rni) AQSH’da Nyu-York va Vashingtondan keyin uchinchi texnologik markaz hisoblanadi. Boshqa ma’lumotlar bo‘yicha San-Fransiskoda AT-sohasining 386 000dan ortiq mutaxassislar mehnat faoliyatini yuritadi, bu esa Silikonli vodiy AQSH’ning yuksak texnologik markazi hisoblanadi. Har bir 1000 ishchi-xodimning 286 nafari AT-sohasi mutaxassisidir.

akt_1_05_2014_6

Adobe kompaniyasi ofisi

Silikonli vodiy daromadlari AQSH bo‘yicha o‘rtacha darajani tashkil etadi. 2006–2008-yillarda oilalarning o‘rtacha daromadi yiliga 76,5 ming dollarni tashkil etadi. Mazkur daromad oilaning ikki (va undan ortiq) a’zosi oylik maoshlarining jamlanmasi hisoblanadi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq