“Beeline” va “Odnoklassniki” birgalikda “1000 OK” tanlovini o‘tkazmoqdalar
01.05.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘i bilan birgalikda tanlov boshlanganligi haqida xabar beradi. “1000 OK” tanlovi 1 maydan 31 maygacha www.ok.ru/beeline.uz sahifasida bo‘lib o‘tadi. G‘olib sovg‘alar harid qilish uchun, “5+”, smayl, “ko‘rinmas odam” va “Odnoklassniki” saytining boshqa pulli xizmatlaridan foydalanishi uchun asosiy sovrin – 1000 bepul OK‘ni qo‘lga kiritadi.

beeline_1_05_2014

Tanlovda ishtirok etish uchun sahifaning foydalanuvchilari tanlov posti ostida “Men 1000 OK‘ni … sarflayman” degan iborani davom ettirgan holda sharh qoldirishlari zarur. 31 mayning 12:00gacha o‘z sharhi ostida eng ko‘p “Klass!” belgisini to‘plagan ishtirokchi g‘olib deb e‘lon qilinadi.

““Odnoklassniki” sayti bilan hamkorligimiz muvaffaqiyat bilan rivojlanmoqda, va birgalikdagi yangi loyiha – buni yana bir bor tasdiqlaydi, – deydi “Unitel”ning press-sekretari Yuliya Melentyeva. – Tanlovning ustunliklaridan biri – nafaqat uning butunlay ochiq-oydinligi, balki bevosita ijtimoiy tarmoqdan sovrinning qulay olinishi”.

31 may kuni 13:00da “1000 OK” tanlovining natijalari sarhisob qilinadi. Tafsilotlar www.beeline.uz va www.odnoklassniki.ru saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq