TomTom Runner Cardio GPS sport soatlari kardiomonitor bilan jihozlangan
30.04.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

tom_30_04_2014

TomTom kompaniyasi sportchi va fitnes ishqibozlari uchun Runner Cardio GPS soatini ishlab chiqardi.

Yangilikning asosiy xususiyati — kiritilgan optik sensor bo‘lib, haqiqiy vaqt mobaynida yurak urishi chastotasi haqida ma’lumot olish mumkinligidir. Ishlab chiqaruvchilar kardiomonitor foydalanuvchiga organizmi jismoniy yuklamalardan qanday ta’sirlanayotganligi va shunga muvofiq sog‘liqlarini yanada mustahkamlash uchun mashqlar dasturini amalga oshirishlaridagi holatlari haqida ma’lumot beradi.

tom_30_04_2014_1

Soatlarda turli yuklamalar bilan besh rejimdagi mashqlar kiritilgan. Mashqlar davrida yurak urishi chastotasi ta’sirida qurilma yuklama sur’atini kamaytirish yoki oshirish haqida signal beradi. Kiritilgan datchiklar va GPS/GLONASS yo‘ldoshli navigatsiya tizimi resiveri qo‘yilgan qadamlar sonini, bosib o‘tilgan masofani, tezlikni hamda mashqlar davridagi tekshiruvlarni ma’lum qilish imkoniyatini beradi. Ma’lumotlarni ochiq havodagi mashqlar davrida ham, bino ichidagi, masalan, yugurish yo‘lakchasidan foydalanib amalga oshirilgan mashqlarda ham yig‘ish mumkin.

Soatlar 144 x 168 piksel razresheniyeli 0,85×1 duym o‘lchamli yuqorikontrastli displeyga ega. Simsiz aloqa kiritilgan adapter Bluetoothli qo‘shimcha tashqi sensori mavjud. Yangilik 50 metrgacha chuqurlikda ham suvdan mustahkam himoyalangan korpusda ishlangan. Akkumulyator batareyasi 10 soatgacha avtonom ishlashni ta’minlay oladigan GPS-priyomnigi bilan jihozlangan. Runner Cardio GPS’ni 270 AQSH dollariga sotib olish mumkin.

Manba: www.slashgear.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq