Smartfondan uzoq vaqt foydalanishda ko‘z kasalligi yuzaga kelish xavfi yuzaga keladi
30.04.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Britaniya oftalmologlari uzoq vaqt smartfon, shuningdek, planshetdan foydalanish, kompyuter yoki yupqa ekranli televizor tomosha qilishning oqibatlari haqida ogohlantiradilar. Endi shifokor Xepvort (Andy Hepworth) xabar qilishicha, zangori-binafsha yog‘duning manbai smartfon yoki planshet ekrani bo‘lib, inson ko‘zining orqa devoriga ta’sir etish xavfiga ega.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari uzoq muddat zangori-binafsha yog‘duning ta’sirida bo‘lganlar ko‘z to‘r pardasi modda almashinuvining buzilishi makulyar degeneratsiyasi (distrofiya) xavfi kuchayishi mumkinligini ko‘rsatdi. Shifokorlar fikriga muvofiq, uzoq muddat zangori-binafsha yog‘duning ta’sirida bo‘lganlarda uyqu buzilishi va ruhiy zo‘riqish kuzatilishi mumkin.

smart_30_04_2014

«Zangori-binafsha yog‘du ta’sirida ko‘z kasallanganligi holati uchramagan bo‘lsada, laboratoriya tadqiqotlari bunday xavf mavjudligini aniqladilar», — ta’kidlaydi Xepvort. Oftalmologlar guruhi o‘tkazgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, katta yoshdagilar o‘rtacha ekran oldida yeti soat o‘tiradilar va taxminan respondentlarning yarmi telefondan uzoqlashsalar o‘zlarini behalovat his eta boshlaydilar.

So‘rovnoma ma’lumotlariga asosan, 43% respondentlar 25 yoshgacha bo‘lganlarni tashkil etadi, telefonga istalgan vaqtda yaqinlashsalar o‘zlarida zo‘riqishni his etadilar. Bundan tashqari, 55% so‘ralganlar uzoq vaqt kompyuter yoki smartfonda ishlaganlarida ko‘zlari og‘rishini ko‘rsatganlar. Oftalmolog — Amanda Saynt (Amanda Saint) kompyuter yoki smartfonlar bilan ishlashda tez-tez dam olish, shifokorlarga uchrashib turish ko‘z sog‘lig‘ini saqlashda muhim deb hisoblaydi.

Manba: www.3dnews.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq