Rufus Cuff qo‘l kommunikatori — aqlli soatdan ko‘ra afzalroq
30.04.2014
Rukn: Mobil aloqa.
Muallif: .

Indiegogo saytida ko‘chma elektronika qurilmasi — Rufus Cuff uchun mablag‘ jamlanayotganligi e’lon qilingan. Tashqi ko‘rinishidan Rufus Cuffni aqlli soatlar safiga kiritish mumkin, biroq ishlab chiquvchilarning o‘zlari mazkur tushuncha bilan birga, «qo‘l kommunikatori» degan atamani ilgari surmoqdalar.

Kommunikator mustaqil qurilma bo‘lmay, balki smartfon bilan birga foydalaniladi (iOS va Android boshqaruvidagi modellar qo‘llab-quvvatlanadi). Uning funksiyalari ro‘yxati juda keng bo‘lib, quyidagilardan iborat:

com_30_04_2014

Rufus Cuff yordamida telefon aloqasi sifatida muloqot qilish, elektron pochta va SMS xizmatlaridan foydalanish, bosib o‘tilgan masofalarni bilish, qo‘yilgan qadamlar soni hamda sarflangan kaloriyalar haqida ma’lumot olishi, olingan ovozli yozuvlarni tinglash, ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lish, web-sahifalarni ko‘rib chiqish mumkin. Yana bir foydali funksiyasi — foydalanuvchini, agar smartfon zonadan tashqarida (boshqacha aytganda, foydalanuvchi yo‘qotib qo‘ygan yoki biror xavf paydo) bo‘lsa, xabardor qilishdan iborat.

com_30_04_2014_1

Rufus Cuff qurilmasi Cortex A8 protsessorida Android boshqaruvida ishlaydi. U Google Playga ulana oladi. Kommunikator ovoz balandlatkich va mikrofon, razresheniyesi 400 x 240 pikselli, uch duymli, sensorli ekran, akselerometr va giroskop, 16 Gb flesh-xotira, Wi-Fi 802 interfeyslarga ega. 11 b/g/n va Bluetooth 4.0 LE, priyomnik GPS, videoaloqa hamda vibroqo‘ng‘iroq uchun kameradan iborat. Kommunikator 1000 mAchga yaqin batareya quvvatida ishlaydi. Qurilma chang va sachraydigan chiqindilardan himoya qilingan. Uning faol qismi tekisligi 79 x 54 x 11 mmga teng. Qo‘l kommunikatoriga birinchilar safida ega bo‘lish uchun o‘tgan yil sentabr oyida $229 mablag‘ jo‘natish zarur edi. Hozirgi vaqtda Rufus Cuff qurilmasining seriyali ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan mablag‘ning yarmini yig‘ishga va dastlabki 250 dona qurilmani sotishga erishildi. Jami $200 000 — mablag‘ning yig‘ilishi shart edi.

Manba: www.indiegogo.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq