Robot insonlar yuzidagi mimika harakatlarini ifodalay oladi
30.04.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

robot_30_04_2014

Yirik kompaniyalar ishlab chiqargan robotlar kun sayin ko‘proq hayotimizga kirib kelmoqda. Yana unga inson yuzini taniy oladigan va muloqot qila oladigan sun’iy intellekt robototexnikalarini qo‘shsak, robot deyarli inson o‘rnini bosa oladi. Bu esa kelajakda kutiladigan holat. Biroq hozirning o‘zidayoq maxsus muloqot uchun ishlab chiqilgan SociBot-Mini robotlarini ko‘rsata olamiz.

SociBot-Mini yuzida shaffof displey bilan jihozlangan bo‘lib, proyeksiyalar ko‘rinishida ifodalangan. Biroq yuzidagi proyeksiyalar turlicha: eng yaqin do‘stingiz surati sifatida kompyuter tasvirida bo‘lishi mumkin. Robot yuqori darajada sezgirlikka ega Microsoftning Kinecti kabi kameralar bilan jihozlangan bo‘lib, imo-ishoralarni ham seza oladi. Veb-kamerasi ham maxsus dastur ta’minoti evaziga yuzni taniy oladi. U nafaqat yuzni taniy oladi, balki inson yoshini ham, kayfiyatingizni ham seza oladi. Shuning uchun ham inson bilan bir xil aqliy darajada muloqot qila oladi. Agar xonada yurgan insonni sezib qolsa, uning ko‘zlari kuzatishga tushadi.

Agar shaxsiy robot-yordamchi g‘oyasi cho‘chitmasa, undan bemalol foydalanish mumkin. Jamoat joylari, masalan, aeroportda SociBot-Mini eng yaxshi variant bo‘lishi mumkin. Tasavvur eting, aeroportga keldingiz va aqlli robot sizni kutib olib, savollaringizga javob berib, muloqotda bo‘ladi. Mazkur texnologiya imkoniyati cheksiz. Yana SociBot-Mini telefunksiyaga ega robot sifatida foydalanilishi mumkin. Agar boshliq bo‘lsangiz, yuzingiz hamda olisdagi xodimlar tasvirini robot ekraniga yuklashingiz mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq