Jahon chempionati uchun kameralar o‘rnatilgan futbol to‘pi
30.04.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

chemp_30_04_2014

Hozirgi davrda hamma joyda kameralar qo‘llanilmoqda. Telefon, planshet, ruchkalarda (agar josuslar qo‘llaydigan kameralar haqida so‘z borsa, deyarli har qanday joyda), supermarketlarda, ko‘chalardagi harakatlar tartibini kuzatishda, umuman, barcha yerda o‘rnatilmoqda.

Bir tomondan — bu hol juda to‘g‘ri, boshqa tomondan esa — barcha joyda hamma narsa nazorat qilinadi. Ba’zan endi go‘yo hech qayerga berkinishning iloji yo‘qdek taassurot uyg‘onadi. Sahifamizda biz uchun yoqimsiz bo‘lgan kameralar haqida so‘z boradi. Masalan, futbol uchrashuvlarida foydalaniladigan kameralar. Ha, Braziliyadagi Jahon chempionatida aynan shunday to‘p sinovdan o‘tkaziladi. Adidas kompaniyasi bergan ma’lumotlarda Brazucam to‘pi yaratilganligi haqida xabar beriladi, to‘p haqiqatdan ham eng yuqori texnologik futbol to‘pidir. Unda yuqori darajada razresheniyega ega oltita GoPro kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, barcha rakurslarda o‘yin borishini yozib olish imkonini beradi.

Shunisi qiziqarliki, Brazucam to‘pi hozircha rasmiy Jahon Chempionatlarida foydalanilmayapti, sababi kiritilgan kameralar to‘p geometriyasini buzadi, uning og‘irligi hamda aerodinamikasi ko‘rsatkichlarini noto‘g‘ri ko‘rsatadi. Biroq yangi Brazucam to‘pi FIFA World Cup 2014 promo-kompaniyasida ishtirok etadi. 2014 Jahon Chempionati arafasida, 7-aprel kuni Brazucam to‘pi jahon bo‘ylab sayohatga otlandi, u jahondagi eng qiziqarli futbol uchrashuvlarini suratga oldi. Mazkur to‘p yordamida musobaqalar, hujjatli filmlar hamda mashhur o‘yinchilar bilan suhbatlarni yozib olish mumkin.

Adidas yangi videoni har hafta suratga olib, o‘zining YouTubedagi kanalida namoyish etishni rejalashtirgan. Arecont Vision kompaniyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mutaxassislari STELLAR (Spatio TEmporal Low Light ARchitecture) texnologiyasiga asosan videokuzatuv tizimi uchun ishlab chiqqan kameralar yetarli darajada yorug‘lik mavjud bo‘lmagan sharoitlarda ham ishlashga ixtisoslashtirilgan. Ta’kidlanishicha, Arecont Vision STELLAR texnologiyasi rangli tasvirlarni To‘pning yer kurrasining turli burchaklaridan olingan videyozuvlar namoyish etiladi va shundan keyin to‘p o‘z sayohatini Braziliyada yakunlaydii.

Manba: www.medgadgets.ru

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq