Google Project Ara: modulli smartfoni 2015-yil boshida chiqariladi
30.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Texnologiya.
Muallif: .

ara_30_04_2014

Google Project Ara jamoasi ishtirokchilari modulli smartfonlarni ishlab chiqish ishlari haqidagi axborotlar bilan o‘rtoqlashdilar.

Eslatib o‘tamiz, Ara loyihasiga muvofiq, mobil apparatlari uchun qismlari oson almashtiriladigan universal platforma ishlab chiqilmoqda. Yechiladigan modullar ko‘rinishida protsessor, displey, klaviatura, kamera, akkumulyator batareyasi, datchik bloklari va boshqalarni ishlab chiqish rejalashtirilgan. Bu egalariga eskirgan qism yoki ishdan chiqqan bloklar o‘rniga boshqasi bilan almashtirish va qurilma funksionalligini oshirish imkonini beradi. Ma’lum qilinishicha, bloklarni hozirgidagidek asosiy platformaga mustahkamlanishida doimiy elektrik magnitlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ular faqat ishga tushirish va o‘chirishdagina elektr ta’minotiga ehtiyoq sezadi hamda tashqi quvvat manbaiga zarurat sezmay, o‘z xususiyatini saqlab qoladi. Doimiy elektr magnitlari kuchni uzoq vaqt ushlab turish xususiyatiga ega, bu esa modulli konsruksiyani shakllantirishda juda muhim.

Bundan tashqari, ma’lum bo‘lishicha 3D Systems kompaniya metodida uch o‘lchamli chop etish uchun almahish bloklari tayyorlanmoqda. Dastlabki bunday modullardagi mobil telefonlarida tayanch qismlar funksionalligi kiritilgandi, biroq keyinroq, masalan, jismoniy faol monitoring uchun qo‘shimcha sensorlar bilan yanada murakkab bloklar paydo bo‘la boradi.

3D Systems kompaniyasi modullarini yetkazib berish Ara platformalari chiqarilishi vaqtida kelasi yilning boshlarida amalga oshiriladi. Modulli smartfonlar iste’molchilar orasida talabga ega bo‘lishi masalasi hozircha ochiq qolmoqda. Bir tomondan bunday qurilmalar yuqori darajada konfiguratsiyalangan qulay qismlarni ta’minlab beradi. Biroq boshqa tomondan, «o‘zing yig‘» ko‘rinishidagi smartfonlar konstruktori xaridorni cho‘chitib qo‘y-masa bo‘lgani.

Manba: www.dazeinfo.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq