BMT Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirish
30.04.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

bmt_30_04_2014

Joriy yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda BMT Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini O‘zbekistonda amalga oshirishning borishi bilan bog‘liq masalalar, xususan, axborot sohasini rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hisobiga ta’lim sifatini oshirish, aholini orasida bezgak, sil va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish, va Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirilishini ommaviy axborot vositalarida yoritilishi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlarini axboroti tinglandi.

Qo‘mita majlisida Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi,davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV vakillari, axborot texnologiyalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT Sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqida (20.09.2010-yil) mustaqillik yillarida bizning mamlakatimiz «BMTning Mingyillik Deklaratsiyasi»da belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida jiddiy natijalarga muvaffaq bo‘lganligi yuzasidan axborot berilgan. Jumladan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining jiddiy ta’sirlariga qaramay, mamlakatni yanada demokratlashtirish, ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish bo‘yicha o‘ziga xos modeliga tayangan holda O‘zbekiston dunyodagi kamsonli davlatlar qatorida iqtisodiyotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlayotganligi ta’kidlangan.

bmt_30_04_2014_1

Tadbirda ta’kidlanganidek, o‘zaro miqyosda keng e’tirof etilgan muhim ahamiyatli natijalarga erishildi. Mamlakat zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar safidan o‘rin olishi, fuqarolik jamiyatini qurish, hayotning hamma sohalarini yangilash bilan bog‘liq keng ko‘lamdagi vazifalar muvaffaqiyatli hal qilinmoqda.

Bunday erishilgan muvaffaqiyatlar O‘zbekistonda axborot sohasini isloh qilish va rivojlantirish, so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va jamiyat qurilishining turli sohalariga joriy etishga asoslangan. Xalqaro hamjamiyatning faol va nufuzli a’zosi bo‘la turib, O‘zbekiston o‘z rivojlanishining muhim istiqbolini — BMT Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoriga kirish va xususan, axborot sohasini yanada rivojlantirish vazifasini ro‘yobga chiqarmoqda.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining «Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ming yillik rivojlanish maqsadlarini O‘zbekistonda amalga oshirish to‘g‘risida’ti 2010-yil 9-sentabrdagi 141-II-sonli Qarorida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekistonda BMT’ning ming yilligini rivojlantirish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2011-yil 26-yanvardagi 21-sonli Qarorida belgilangan vazifalarni ijro etilishi yuzasidan axborot eshitildi. Xususan, tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda quyidagi dolzarb vazifalar va loyihalarni amalga oshirilayotganligi yuzasidan axborot bilan tanishdilar:

  • o‘rta ta’lim muassasalarini o‘quv darsliklari va metodik qo‘llanmalarning elektron nusxasalari, shuningdek, O‘zbekiston tarixi va madaniyati, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar bo‘yicha elektron axborot-resurslari bilan ta’minlash;
  • o‘rta ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga zamonaviy kompyuter texnikasi va o‘quv-laboratoriyalaridan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • O‘zbekistonda integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmog‘ini yaratish;
  • ekologik masalalar, barqaror rivojlanish bo‘yicha monografiya, kitob va plakatlar tayyorlash hamda chop etish;
  • ta’lim-tarbiya muassasalari hamda aholi orasida bezgak, sil va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish va boshqa masalalar.

Jumladan, majlisda ta’kidlanganidek, faqat 2013-yil davomida yuqumli kasalliklarni oldini olish masalalarida aholi xabardorligini oshirish maqsadida 1448ta tele va 4386 radio dasturlar efirga chiqarildi, bosma OAV’da 2651ta maqolalar chop etildi, 1 mln.dan ziyod tarqatma materiallar nashr etildi. Ekologik xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadlarida atrof-muhitni muhofaza qilishga, ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan 30dan ortiq Internet saytlari yaratildi.

Tabiatni muhofaza qilishning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda, aholi xabardorligini oshirishda, ekologik ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida interfaol usullarga, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan ta’lim dasturlari, turli adabiyotlar, risolalar, bulletenlar, atlaslar, plakatlar, bannerlar va boshqa nashrlar bosib chiqarilib, keng omma e’tiboriga taqdim qilinmoqda.

Muhokamalar jarayonida axborot sohasini rivojlantirish, aholi xabardorligi, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish hisobiga ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq BMT Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni takomillashtirishga oid bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi, jumladan, ta’lim jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni baholash bo‘yicha metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; BMT’ning Mingyillik Deklaratsiyasida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekistonda erishilgan yutuqlar va natijalar to‘g‘risida OAVda yoritish ishlarini faollashtirish; BMT Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini ruyobga chiqarishda fuqarolik jamiyati institutlarini keng xabardor etish va jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Yig‘ilish ishtirokchilari BMT Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha boshqa mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning samarali tajribalari to‘g‘risidagi axborotlar bilan unumli kommunikativ almashish ishlarini o‘rnatish ahamiyatliligini ta’kidlab o‘tdilar. O‘zbekistonda BMT Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish amaliyotini muhokamasi asosida qatnashchilar tomonidan axborot sohasidagi milliy qonunchiligimizni takomillashtirish bo‘yicha ham qator takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha BMT Mingyillik taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, OAV va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yanada takomillashtirishga oid tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq