“Beeline” Samarqand viloyatida tarmoqni kengaytirmoqda
30.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton MChJ QK) Samarqand viloyati hududidagi GSM va 3G tarmoqlari qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Xususan Kattaqo‘rg‘on shahrida yangi baza stansiyalar ishga tushirildi, va ushbu aholisi zich tumanda signal sifati yaxshilandi.

beeline_30_04_2014

“Samarqand viloyati aholisini sifatli aloqa va mobil internet bilan ta’minlash uchun so‘ngi bir necha oy mobaynida yangi uskunani muvaffaqiyat bilan ishga tushirdik, — deydi “Unitel”ning Markaziy hududiy filiali direktori Dilshod Anarmetov. — Ushbu qurilish va ishga tushirish ishlari “Beeline”ning xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha navbatdagi mantiqiy qadam bo‘ldi va uning bozordagi o‘rnini mustahkamlash, hamda abonentlarning ishonchini oqlashga moyillik qiladi”.

Kattaqo‘rg‘on shahrining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Miraliyev ko‘chasida “Beeline” tarmog‘ining qoplami sezilarli darajada yaxshilandi. Ushbu manzil Samarqand va Kattaqo‘rg‘onning asosiy qatnov yo‘lini birlashtiradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq