«Aqlli suv quygich» ekinlarni sug‘orishda 90% suvni tejash imkonini beradi
30.04.2014
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Droplet kompaniyasi shunday nomdagi sug‘orish qurilmasini taqdim etdi, u faqat suvga tashna o‘simlikni sug‘oradi. Qurilma faqat aniq zarur joyni «mo‘ljalga ola oladi» va 10 metrgacha masofadan turib sug‘ora oladi.

suv_30_04_2014

Ishni boshlash oldidan qurilma xotirasiga o‘simlik nomi va joyi kiritilsa bo‘lgani. Droplet bilan hamkorlik smartfon, planshet va kompyuter uchun ilovalar orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, sug‘orishda zarur bo‘ladigan suv sepish chastotasi ham boshqariladi. Bog‘u, gulzorlar uchun gadjet Internetga Wi-Fi orqali ulanib, ob-havo to‘g‘risida ma’lumot oladi. Yomg‘ir yog‘adigan bo‘lsa, Droplet avtomatik ravishda, sug‘orishni bekor qiladi. Ixtirochilarning ma’lumotlariga qaraganda, qurilma, «aqlli» sug‘orgich bo‘lib, odatdagi sug‘orishga nisbatan 90 foizgacha suvni tejay oladi. Shuningdek, Droplet suv sarfi bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ib, tahlil eta oladi. Bundan tashqari, Internetga ulanib, sug‘orish natijasida jarima to‘lash ehtimolining oldini olish uchun hokimiyat tomonidan suvdan foydalanishda qandaydir cheklovlar mavjudligini bilib olish imkonini beradi. Droplet smart-sug‘orgichi Amazonda 300 dollarga sotila boshlangan.

Manba: www.smartdroplet.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq