Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish usuli soddalashtirildi
29.04.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida foydalanuvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tishning yangi soddalashtirilgan usuli joriy etildi. Endilikda foydalanuvchilar istalgan shaklda, jumladan, portalning o‘zida formani to‘ldirgan holda, ID.uz tizimi orqali yoki elektron imzo yordamida ro‘yxatdan o‘tish imkoniga egalar.

Soddalashtirilgan formani to‘ldirish natijasida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni sezilarli darajada vaqtni qisqartiradi va shu bilan birgalikda zudlik bilan davlat tashkilotiga murojaat yuborish zarur bo‘lgan vaqtda juda qulaylik tug‘diradi.

ID.uz tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tish bir vaqtning o‘zida turli xizmatlardan, jumaladan GOV.UZ, Lex.uz va A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona kabi xizmatlaridan foydalanishga imkon beradi. Shu tarzda foydalanuvchi yagona qayd yozuvi yordamida mazkur resurslardan foydalanishga muvaffaq bo‘ladi.

Elektron imzo yordamida ro‘yxatdan o‘tish yoki tizimga kirish orqali foydalanuvchilar har qanday cheklovlarsiz Yagona portaldagi barcha turdagi interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.

Yangi xizmatlarni taklif eting, ovoz bering hamda Yagona portalning yangiliklarini kuzatib boring!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq