TATU — salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash maskani
29.04.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: To‘lqin Teshaboyev.

tatu_29_04_2014

Mamlakatimizda ta’lim sohasi doimo davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda ta’lim sohasiдa olib borilayotgan islohotlarга hattoki xorijiy davlatlar tomonidan yuqori baho berilayotganligi barchamizning qalbimizni faxr-iftixor tuyg‘usi bilan to‘lqinlantiradi. Jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari haqida gap ketib, mamlakatimiz OTM’larining ham nomini tilga olganlarida quvonchlarga to‘lamiz.

Ma’lumki, respublikamizda oliy ta’lim muassasalari juda ko‘p. Ular orasida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) ham bor. TATU O‘zbekiston Respublikasida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlovchi yetakchi texnika universiteti hisoblanadi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1955-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI) sifatida tashkil etilgan. O‘sha davrdan boshlab uzoq yillar mobaynida mazkur oliy ta’lim muassasasi ko‘plab qo‘shni davlatlar uchun sohaning yetuk mutaxassislarini tayyorlab bergan. «Toshkent elektrotexnika aloqa instituti» Respublika Aloqa vazirligining tarmoq instituti hisoblanib, Markaziy Osiyo va Qozog‘iston uchun elektraloqa va radioaloqa bo‘yicha muhandislarni tayyorlagan.

tatu_29_04_2014_1

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O‘zbekiston Respublikasida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlovchi yetakchi texnika universiteti hisoblanadi. Bugungi kunda TATU — bu zamonaviy tipdagi, yuqori ilmiy-pedagogik salohiyat, ta’lim kommunikatsiyalarining keng turlari, xalqaro aloqalarning rivojlangan tarmog‘i, jamiyatda mutaxassislar tayyorlash darajasi bo‘yicha yuqori mavqega ega bo‘lgan universitetdir. Keyingi yillarda universitetda yaxshi an’analar soni ko‘payib bormoqda, bakalavriatura ta’limining yangi yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ochilmoqda, dissertatsiyalar himoya qilinmoqda, moddiy-texnik baza yaxshilanmoqda, yangi korpuslar qurilmoqda.

Yevropa va Osiyodagi yetakchi OTM’lar bilan xalqaro hamkorlik o‘rnatilmoqda. So‘nggi yillarda TATU’da Koreya Respublikasi va Hindiston bilan, NEC(Yaponiya) firmasi, CISCO(AQSh), HUAWEI (Xitoy), ACETECH (Buyuk Britaniya) zamonaviy o‘quv markazlari ochilgan. Mazkur markazlarda, universitetda o‘qish jarayonida talabalar parallel ravishda, bu markazlar zamonaviy texnikalari asosida o‘z tayanch bilim va mutaxassislikka tayyorgarliklarini boyitib bormoqdalar. Universitet eshiklari hamkorlik uchun doimo ochiq, talabalar, hamkasblar hamda do‘stlarimizni ko‘rishdan g‘oyat baxtiyormiz.

Bugun TATU telekommunikatsiya va axborot tizimlari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi o‘quv muassasasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyunda qabul qilingan «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq TATU axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Ta’lim bosqichlari: o‘rta ta’lim (2ta litsey), bakalavriat (25ta yo‘nalish), magistratura (24ta mutaxassislik), doktoranturadan iborat.

Professor-o‘qituvchilar tartibi 400 ga yaqin bo‘lib, ular: bir akademik, 16 nafar professor, 16 fan doktorlari, 85 nafar fan nomzodlari va dotsentlardan iborat. 11000 dan ortiq talabalar universitetda va filiallarida ta’lim oladilar. Universitetda 28ta kafedra va 37 o‘quv laboratoriyalari, 10ta tadqiqotchilik laboratoriyalari va kompyuter markazlari, zamonaviy (1800 dan ortiq) kompyuterlar hamda multimediali sinflar (20 dan ortiq), 400 mingdan ortiq turli soha adabiyotlariga ega bo‘lgan axborot-resurs markazi (kutubxona) mavjud. So‘nggi 10 yil mobaynida universitet tubdan o‘zgardi. Universitet binosi, auditoriyalar va kabinetlar, talabalar uyi binosi kapital ta’mirlandi, yangi zamonaviy o‘quv binosi, 700 o‘rinli oshxona, 400 o‘rinli sport majmuasi qurildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida O‘zbekiston bozorlarida ishlovchi qator kompaniyalar hamda korxonalar tomonidan katta homiylik yordami ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1942-sonli qaroriga muvofiq, 2013–2014 o‘quv yilidan boshlab universitetdagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga o‘zgartirish kiritilib, «Kompyuter injiniring», «Dasturiy injiniring», «Telekommunikatsiya texnologiyalari», «Televizion texnologiyalar», «AKT sohasida iqtisod va menejment», «AKT sohasida kasb-ta’limi», «Pochta aloqasi texnologiyalari» va «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» kabi 8ta ta’lim yo‘nalishlari hamda «Kompyuter injiniring», «Dasturiy injiniring», «Telekommunikatsiya texnologiyalari», «AKT sohasida iqtisod va menejment» va «Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» kabi 5ta magistratura mutaxassisliklariga qabul e’lon qilindi. Jahon standartlariga to‘la javob beradigan mazkur ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklarini yangi o‘quv yilidan joriy etish maqsadida tuzilgan Ishchi guruhi tomonidan ularning Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fanlar mazmuni ishlab chiqildi. Ushbu o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSH’dagi ilg‘or universitetlar tajribasi o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-iyundagi «Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 188-sonli qaroriga muvofiq, universitet va uning filiallari tashkiliy tuzilmasi yanada optimallashtirildi. «Kompyuter injiniring», «Dasturiy injiniring», va «Telekommunikatsiya texnologiyalari», «AKT sohasida iqtisod va menejment», «AKT sohasida kasb-ta’limi» va «Televizion texnologiyalar» kabi zamonaviy fakultetlar tashkil etildi. Universitet tashkiliy tuzilmasiga AKT bo‘yicha o‘quv dasturlari va o‘qitish sifatini jahon standarlari asosida takomillashtirish maqsadida «Prorektor-maslahatchi» lavozimi kiritildi hamda ushbu lavozimga Janubiy Koreya davlatidan AKT sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan professor Li Chul Su tayinlandi. O‘quv jarayonini ilmiy salohiyatli va mutaxassis-amaliyotchi kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 2013-yilda 18 nafar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar ishga qabul qilindi, ularning 8 nafari bevosita soha korxonalarining mutaxassis-amaliyotchilaridir.

O‘quv jarayoni bilan integratsiyani ta’minlash maqsadida Qo‘mita tizimidagi korxonalar, tashkilotlar va kompaniyalar tomonidan universitet va uning filiallarida zamonaviy o‘quv laboratoriyalari tashkil etilmoqda, masalan, 2012 va 2013-yillarda Xitoyning ZTE, AQSH’ning Cisco va «O‘zbektelekom» AK «UzMobile» filiali bilan 3ta yirik o‘quv laboratoriya sinfi tashkil etildi, «O‘zbektelekom» AK tomonidan talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun kredit asosida 3000ta Netbuk olib kelinib, rasmiylashtirildi, universitetning vasiylik kengashi hisobidan 100ta kompyuter, 27ta noutbuk va boshqa multimedia vositalari o‘quv jarayoniga taqdim etildi. Bundan tashqari, soha korxonalari va tashkilotlari rahbarlari hamda mutaxassislari tomonidan universitet va uning filiallarida muntazam ravishda, seminarlar va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, 2013-yilda 100dan ortiq uchrashuv va seminarlar tashkil etildi, o‘qituvchilarning soha korxonalarida amaliy tajribasi oshirib kelinmoqda, jumladan, universitet va uning filiallarining 72 nafar professor-o‘qituvchilari sohadagi yangiliklar va istiqbolli rejalar bo‘yicha amaliy tajriba oshirdilar.

Davlat qo‘mitasining 2013-yil 11-martdagi «Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini axborot texnologiyalaridan foydalanish va uni joriy qilish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 58-F-sonli farmoyishi asosida O‘zbek-Hind AT markazida 18ta idoralar, tashkilotlar va muassasalar bilan joriy yil davomida jami 1340 nafar xodimning malakalarini oshirish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

2013-yilning 6 oyi davomida 18ta tashkilotdan jami 1217 nafar xodim o‘quv kursni yakunladi. O‘quv kurslarini o‘tkazish uchun universitetdan jami 11 nafar professor-o‘qituvchi jalb etildi. Tarmoq markazi tomonidan keyingi yillarda korxona va tashkilotlar xodimlarini AKT savodxonligiga ta’lim rejasiga muvofiq o‘qitish bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirdi. Tarmoq markazi va TATU’ning filiallari tomonidan minglab xodimlar AKT yo‘nalishida malaka oshirdilar. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi xodimlari uchun mo‘ljallangan malaka oshirish kurslarida respublikadagi axborot-resurs markazlari xodimlari hamda kutubxonashunoslik bo‘yicha o‘qituvchilar malaka oshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 2013-yil 20-martdagi 01-08-17-8-sonli majlisi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12ta viloyat hokimiyati hamda ularning shahar va tuman hokimiyatlari xodimlarini TATU va filiallari professor-o‘qituvchilari, viloyatlardagi «Kompyuterlashtirish markazi» va Davlat qo‘mitaning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda AKT yo‘nalishida o‘qitish jadvallari va o‘quv rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Viloyat hokimliklarini hamda ularning tuman va shahar hokimiyatlarini AKT yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitish taqsi-motiga muvofiq, TATU va fililalari tomonidan Respublikamizdagi tuman va shahar hokimiyatlarini AKTga o‘qitish belgilandi.

Prezidentimizning 2013-yil 26-martdagi «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1942-sonli Qaroriga muvofiq, o‘quv jarayoniga mutaxassis-amaliyotchilarni jalb etish maqsadida, 2013–2014 o‘quv yili uchun sohaning yetakchi korxona va tashkilotlari bilan hamkorlik kuchaytirildi.

Ha demay, o‘quv yili yakuniga yetib, mamlakatmizning barcha o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining bitiruvchilari uchun eng hayajonli damlar boshlanadi. Katta hayotga yo‘llanma olgan va kelajakda oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lish orzusidagi yigit-qizlar oldida o‘ta mas’uliyatli tanlov paydo bo‘ladi. Kelgusida qaysi mutaxassislikni tanlashdek, murakkab savolga javob berish, yani kasb tanlash muhim masala ekanligi o‘z-o‘zidan ma’lum. Ushbu masalada to‘g‘ri maslahatlar berish, avvalo oliy muassasa ta’lim xodimlari, ota-onalar hamda oliy ma’lumotli soha xodimlarining burchidir. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan yigit-qizlar, muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tanlab xato qilmagan bo‘ladilar.

ТАTU – muhim sanalar
1955-yil – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI)
1960-yil – elektroaloqa muhandislari birinchi avlodi tayyorlandi
1978-yil – hozirda Bishkek, Dushanbe, Olma-Ota va Farg‘ona shaharlarida TEAI sirtqi fakultetining tayanch punktlari tashkil etildi.
1993-yil – TEAI instituti qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi
1994-yil – Markaziy Osiyo respublikalari hamda Mo‘?iliston, Pokiston va Hindiston aloqa tarmoqlari injener-texnik xodimlari malakasini oshirish uchun institut qoshida Markaziy Osiyo telekommunikatsiya o‘quv markazi tashkil etildi
1997-yil – institut qoshida litsey-internat faoliyat yurita boshladi
1999-yil – institut qoshida akademik litsey faoliyat yurita boshladi
2002-yil – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (TEAI) Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) deb atala boshlandi
2005-yil – Qarshi, Nukus, Samarqand, Urganch va Farg’ona shaharlarida TATU mintaqaviy filiallari tashkil etildi

tatu_29_04_2014_2  tatu_29_04_2014_3

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq