Maqsad OAV mahsulotlarini tarqatish tizimini yanada rivojlantirish
29.04.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

maq_29_04_2014

“Аloqa tarixi muzeyi”da “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan bosma ommaviy axborot vositalari mahsulotlarini tarqatishni yanada rivojlantirish yo‘lida belgilangan chora-tadbirlar, obuna narxlarini arzonlashtirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda nashrlarning o‘z vaqtida obunachilarga yetkazib berilishini ta’minlash xususida” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekistan Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, «Matbuot tarqatuvchi» AK mas’ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. Matbuot-anjumanidan ko‘zlangan maqsad kompaniya tomonidan bosma OAV’ni tarqatish tizimini yanada takomillashtirishi, obuna katalogiga kiritilgan nashrlarning narxini pasaytirish borasida va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashda amalga oshirilgan ishlar va rejalarini keng ommaga yetkazishdan iborat.

Tadbir qatnashchilariga «Matbuot tarqatuvchi» aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori Suvon Najmiddinov kompaniya tizimidagi korxonalarda vaqtli matbuot nashrlarini obunachiga tez va sifatli yetkazib berish hamda aholiga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada takomillashtirishni ta’minlash maqsadida «2011–2014 yillarda vaqtli nashrlarni tarqatish tarmog‘ini zamonaviylashtirish va xizmatlarning yangi turlarini joriy etish dasturi» qabul qilinib, rejalashtirilgan ishlar amalga oshirib kelinayotganligi, dastur doirasida tarmoqdagi matbuot do‘konlarning 737tasi joriy va 218tasi kapital ta’mirlanganligi, marketing tadqiqotlariga asosan aholi gavjum joylarga 128 dona yangi kioskalar joylashtirilganligi hamda poytaxtimiz markaziy ko‘chalarida yangi turdagi kioskalardan 85 donasi o‘rnatilganligii haqida batafsil so‘zlab berdi.

Bundan tashqari, vaqtli matbuot nashrlarini obunachilariga tarqatishda kompaniyada viloyat pochta aloqasi filiallari, «Xalqaro pochtamt» filiali, barcha tuman pochta bog‘lamasi va aloqa bo‘limlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi, 2014-yil obunasini uyushtirishda aholiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida aholi gavjum va tashkilotlar ko‘p joylarda joylashgan «Matbuot» kioskalari orqali vaqtli matbuot nashrlariga obuna qilish tashkil etilganlanganligini alohida ta’kidladi.

Uning bergan ma’lumotlariga qaraganda, «Matbuot» kioskalari sotuvchilari obuna uyushtirish bilan bog‘liq barcha hujjatlar, obuna blankalari va kataloglar bilan ta’minlangan. Kompaniyada www.akmt.uz veb-saytidan foydalangan holda davriy nashrlarga Internet tarmog‘i orqali obuna qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan va bu xizmat turi yanada rivojlantirilmoqda. Ushbu saytda kompaniya aholi va tashkilotlar uchun obuna katalogining elektron ko‘rinishini joylashtirgan. Tizimda obunaning borishi bo‘yicha on-layn ma’lumotlarini olish imkoni yaratilgan.

Bu yo‘nalishda 2013-yil obunasi uchun 600ga yaqin matbuot kioskalari tomonidan xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2014-yil obunasi uchun 840ta shunday do‘konlar orqali xizmat ko‘rsatilganligi, shuningdek, obuna to‘lovlarini web-sum, INTERNET BANKING plastik kartochkalar orqali qabul qilishni tashkillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ham mijozlarga qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Shu munosabat bilan kompaniya shaxobchalarida terminallar soni 273taga ko‘paytirilganligi. haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Bugungi kunda ham «Matbuot tarqatuvchi» AK va «O‘zbekiston pochtasi» OAJ’ning viloyat va tumanlardagi barcha bo‘linmalari, aloqa bo‘limlari hamda matbuot do‘konlarida obuna ishlari olib borilmoqda. Ta’kidlash lozimki, Respublikamizda, bugungi kunda barcha to‘lov turlari bo‘yicha plastik kartochkalardan keng miqyosda foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida «Matbuot tarqatuvchi» AK shaxobchalarida ham terminallar o‘rnatilgan.

Shu bilan birga, hozirgi davrda kompaniyaning obunani rasmiylashtirish va yetkazib berish xarajatlari bo‘yicha tariflari sezilarli darajada pasaytirildi hamda «O‘zbekiston pochtasi» OAJ davriy nashrlarni viloyat markazlarigacha yetkazib berish tariflari o‘tgan yil miqdorida saqlab qolindi. Shuningdek, kompaniya imkoniyatlaridan kelib chiqib, ba’zi nashrlar, xususan, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan davriy nashrlarning obuna narxlarini pasaytirishga erishildi. Bundan tashqari, 2014-yil obuna kataloglari shakllantirilganda ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega va bolalar nashrlariga imtiyozlar qo‘llanilmoqda.

Mamlakatimiz fuqarolarining badiiy adabiyotlar va boshqa o‘quv qurollariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, chakana savdo tizimida o‘tgan yillar davomida 134 nomdagi kitoblar savdoga chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda 1400ga yaqin turli kitob mahsulotlari tarmoq kioskalari orqali sotuvga qo‘yilgan.

Shuningdek, chakana savdo tizimida o‘tgan yillar davomida 134 turdagi kitob mahsulotlari savdoga chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda 1400qa yaqin turdagi kitob mahsulotlari tarmoq kiosklari orqali xaridorlarga taqdim etilmoqda. Bu boradagi ishlarni takomillashtirish, «Matbuot» kioskalari sotuvchilari mavqeini oshirish, qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, ush sifatini yanada oshirish maqsadida har yili «Eng yaxshi OAV sotuvchisi» ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi. Anjumanda kompaniya rahbariyati tomonidan jurnalistlarning matbuot kiosklari faoliyati, davriy nashrlar obunasi va chakana savdosida oid savollariga batafsil javob berildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq