FOR.UZ – uchinchi darajali domen barchaga bepul taqdim etiladi
29.04.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

for_29_04_2014

UZINFOCOM Markazi UZ milliy domenining 19 yilligi munosabati bilan barcha Internet foydalanuvchilariga, jumladan, web-masterlarga, yosh va tajribali foydalanuvchilarga FOR.UZ loyihasini taqdim etadi. Ushbu loyiha o‘z shaxsiy saytini ochgan holda alohida domen sotib olishni istamagan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Ushbu loyiha orqali uchinchi darajali domendan bepul joy olishingiz mumkin, u quyidagi ko‘rinishda aks etadi: name.for.uz, name o‘rniga siz o‘zingizni ismingizni yoki tanlagan ismni yozishingiz mumkin.

Bepul domenni qo‘lga kiritgan foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra undan foydalanishi, mavjud saytga yoki yangi saytga biriktirishi, shu bilan bir qatorda, zahirada saqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Domenni qo‘lga kiritish uchun siz Yagona ro‘yxatdan o‘tish tizimi ID.UZdan ro‘yxatdan o‘tib, PassportID maqomiga ega bo‘lishingiz lozim.

Umid qilamizki, yaqin kunlarda internetning milliy segmentida bo‘sh domenlar o‘rnini qiziqarli saytlar egallaydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq