“Beeline” tashqi reklamada “yashil” texnologiyalarni rivojlantirmoqda
29.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) kompaniyaning tashqi reklama qurilmalarida ekologik toza texnologiyalarni joriy qilishning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli yakun topgani haqida xabar beradi. Quyosh energiyasini ishlatgan holda avtonom yoritish tartibiga o‘tish elektr tarmog‘ining muhim tejashni ta’minlaydi.

Quvvatli quyosh batareyalari akkumlyatorlarni kunning yoriq paytida havo bulut bo‘lsa ham va hattoki qish mavsumida ham kuch bilan ta’minlaydi. Kun botishi bilan elekrtostansiya kontrolleri avtomatik tarzda yoritqichni yoqadi va reklama qurilmasini yoritadi.

beeline_29_04_2014_1

“Buning barchasi markaziy elektr tarmog‘iga yoqilish va qo‘shimcha yuklanishning oldini oladi, — deydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Butun O‘zbekiston bo‘ylab bizda yuzlab reklama shitlar mavjud, va ularning bosqichma-bosqich “yashil” texnologiyalga o‘tkazish kelajakda elektoenergiyani butun boshli aholi punktini ta’minlash uchun yetarli darajada tejashga imkon beradi. Bu ekologik muhim loyiha, va “Beeline” energiyaning muqobil manba’larini joriy qilishga jiddiy yondoshadi. Natijada insonlar bizga nafaqat eng yirik aloqa operatori sifatida, balki ijtimoiy jihatdan javobgar kompaniya sifatida ham ishonishmoqda, shuning uchun biz ularning kutishlariga mos bo‘lishga majburmiz”.

Bugungi kunda O‘zbekistonning barcha hududlarida 100ga yaqin bilbordlar quyosh batareyalari yordamida avtonom yoritish tizimi bilan jihozlangan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq