“Beeline” aloqa xizmatlari to‘lovi uchun foizsiz terminallar tarmog‘ini kengaytirishni davom etmoqda
29.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) mamlakat bo‘ylab kompaniya xizmatlari to‘lovi uchun foizsiz terminallar tarmog‘i kengayishining navbatdagi bosqichi haqida xabar beradi. Ushbu moslamalar yordamida abonentlar hisoblarini tranzaksiya uchun komissiyasiz to‘ldirishlari mumkin.

beeline_29_04_2014

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning ommaviy bozorda savdolar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Albatta bu dasturning mo‘ljali – “Beeline”ning barcha abonentlari uchun naqt pul va pul o‘tkazish yo‘li bilan xizmatlar uchun to‘lovni qulay va oson amalga oshirish. Belgilab o‘tish joiz, mijozlarning ishonchini oqlab va ularning tilaklariga quloq solgan holda biz bu ishni muvaffaqiyat bilan amalga oshirmoqdamiz, shuning uchun kengaytirish yana davom etadi”.

Bugungi kunda “Beeline”ning 50ta sariq terminallari operatorning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida, shuningdek butun O‘zbekiston hududidagi yirik savdo markazlari va banklarda to‘lovlarni qabul qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, apparat orqali abonent balansini ham naqd pul, ham bank plastik kartasi yordamida to‘ldirishi mumkin.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq