Xalqaro matbuot va so‘z erkinligi kuniga bag‘ishlangan media kunlar boshlandi
28.04.2014
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

tv_28_04_2014

Xalqaro matbuot va so‘z erkinligi kuni oldidan O‘zbekiston Elektron Ommaviy Axborot Vositalari Milliy Assosstiastiyasi (O‘zEOAVMA), K.Adenauer jamg‘armasi, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi kabi xalqaro hamkorlar va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi Parlament komissiyasi, “Uzreport” AA, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, “Kamolot” YoIH, «O‘zbekiston kabel televideniesi» MChJ kabi milliy hamkorlar bilan birgalikda mazkur sanaga bag‘ishlangan media kunlar o‘z ishini boshladi.

Tadbirda tele va radiostanstiyalar, xalqaro tashkilotlar va dipmissiya rahbarlari, ijodiy va texnik guruhlari, davlat hokimiyati organlari vakillari, jamoat tashkilotlari vakillari, vazirliklar va idoralar matbuot kotiblari va bosh muharrirlar ishtirok etishadi.

Dasturdan O‘zEOAVMAning “Ijtimoiy teleradiomahsulotlar milliy loyihasi” ishtirokchilari uchun mahorat darslari ham o‘rin olgan bo‘lib, «Sachsen Fernshen GmbH & Co. Fernseh-Betriebs KG» telekompaniyasi ish boshqaruvchisi – Rene Folkner (Germaniya) boshchiligida olib boriladi.

Rene Folkner (media mutaxassis, Germaniya): Media kunlarining boshlanishi bu fikrlar xilma-xilligi va yangi tajribalar almashinuvi demakdir. Men media mutaxassis sifatida haftalikka taklif etilganligim uchun O‘zEOAVMAdan minnatdorman. Tashkilot jamoasining asosiy qismi yoshlardan iboratligi esa meni juda quvontirdi. Chunki ularda o‘zgacha yondashuv va yangiliklar yaratishga bo‘lgan ishtiyoq yuqoriligini ko‘rdim. Qolaversa, yosh ijodkorlaga yaratilgan sharoitlar ham boshqa mamkalatlarnikidan sira qolishmaydi. Seminarning online tarzda o‘tayotganligi esa hududlardagi yoshlar uchun ham imkoniyatlar birdekligini anglatadi. Hafta davomida barcha ishtirokchilar faolligida ijtimoiy roliklar tayyorlashning yangi usularini o‘rganamiz.

28 apreldan 2 maygacha “Bunyodkor” yoshlar telemajmuasi onlayn multimedia markazida tashkil etiladigan amaliy seminar “onlayn vebinar” formatida o‘tkazilib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad ijtimoiy ahamiyatli roliklarni tayyorlashda xalqaro tajribani tadbiq qilishdir.

Ta‘kidalb o‘tish joizki, qator xalqaro tashkilotlar O‘zEOAVMAga qilgan tashriflari davomida assostiastiyaning faoliyatiga, tayyorlanayotgan media mahsulotlarlarga o‘zlarining yuqori bahosini berishgan.

Krista Pikkat (UNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh kotibi): 3-may — Butun jahon matbuoti va so‘z erkinligi kuni katta ko‘tarinkilik bilan nishonlanadigan o‘zgacha bir bayram. Mingyillik rivojlanish dasturida ham medianing o‘rni ahamiyatli ekanligini hisobga olib, ushbu haftalik ochilishini O‘zbekistonda mazkur sohaga qaratilayotgan ulkan e‘tibor deb bilaman. Germaniyalik tajribali ikki mutaxasisning jalb etilishi va ular ishtirokida o‘tkazilishi kutilayotgan mahorat darslari ijodkor yoshlar uchun jahon tajribalaridan boxabar bo‘lish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda bo‘layotgan voqea-hodisalarga nisbatan tahliliy qarashning rivojlanishida nodavlat ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta. Haftalik davomidagi mahorat darslarida yosh jurnalistlar ana shunday ma‘suliyatli vazifani uddalashning yangi metodlarini o‘rganishlariga ishonch bildiraman. Shuning uchun ham UNESCO har doim O‘zEOAVMA loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi va hamkorligimiz bundan keyin ham davom etadi.

11 ta nodavlat telestanstiya ijodiy guruhi uchun Germaniyalik jurnalist Birgit Vetstel boshchiligida seminar- trenining tashkil qilinadi. Seminar kundalik radio axborot dasturlari va ijtimoiy radio roliklar tayyorlash jarayonini takomillartirish mavzusida olib boriladi. Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad zamonaviy axborot dasturlarini tayyorlashda nodavlat radiostanstiyalarning o‘zaro aloqa mexanizmini sistemalashtirish, shuningdek, nodavlat radiostanstiyalar tomonidan ijtimoiy roliklarni tayyorlanishi va ularni efirga joylashtirish mexanizmlarni yanada takomillashtirishdan iborat.

Biriget Vetsel (jurnalist, Germaniya): Bu mening O‘zbekistonga ilk tashrifim emas. O‘zEOAVMA tomonidan meni media kunlarida trenerlik qilish uchun taklif etishganda bunga bajonidil rozi bo‘ldim. Avval tele-jurnalistlar bilan media mahsulotlar tayorlaganmiz, bu safar radio jurnalistlar bilan mashulot o‘tkazamiz. Bu yerda yosh jurnalistlar shijoati meni ruhlantirdi. Dars jarayonida bildirilgan turli xil mavzlarga oid fikr-mulohazalar professional ijodga xos. Biz media kunlar davomida xalqaro standartlarga javob bera oladigan radio mahsulot tayorlashning yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganamiz. O‘ylaymanki, bunday loyihalar yosh ijodkorlar uchun yaxshigina mahorat maktabi bo‘ladi.

28-apreldan 2-maygacha davom etadigan loyiha quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  • Germaniyalik xalqaro ekspert Rene Folkner ishtirokida ijtimoiy media mahsulotni tayyorlash bo‘yicha seminar-trening;
  • Nodavlat radiostanstiyalar ijodiy guruhlari uchun Germaniyalik jurnalist Birgit Vetstel boshchiligidagi seminar-trening;
  • Hududiy telestanstiyalar jurnalistlari va texnik xodimlari uchun ma‘naviyat va madaniyat mavzularini o‘z ichiga olgan “davra suhbati”;
  • O‘zEOAVMA a‘zolari ishtirokidagi konferenstiya
  • Xalqaro konferensiya;
  • Media kunlar ishtirokchilarining IX “Oltin qalam” milliy mukofotini taqdirlash marosimidagi ishtiroki;
  • “Jurnalistlar bahori” an‘anaviy festivali.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq