ТАТU professor-o‘qituvchilari va soha korxonalarining mutaxassislari bilan navbatdagi davra suhbati
28.04.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

tuit_28_04_2014

Davra suhbati “O‘zbekiston Respublikasida keng polosali telekommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida O‘zbektelekom”AK filialida tashkil etildi. Davra suhbatini TATU ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha prorektori Z.T.Hakimov olib bordi.

tuit_28_04_2014_1

Davra suhbatini Z.T.Hakimov ochib berdi va u TATUda davra suhbati mavzusi doirasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berish uchun so‘zni universitet professori R.Isaevga berdi.

Prof. R.Isayevga o‘z so‘zida TATU’da bajarilayotgan idmiy-tadqiqot ishlari haqida hamda optik aloqa kanallarini qurish va ma’lumot uzatishda ko‘p uchraydigan muammolar haqida ma’lumot berdi.

tuit_28_04_2014_2

Shundan so‘ng so‘z soha korxonalarining yetakchi mutaxassislariga berilib, ular hozirgi kunda yechimini kutib yotgan dolzarb muammolar haqida ma’lumotlar berildi. jumladan:

— “O‘ZBEKTELEKOM” AK ijro apparatidan A.Z.Arifdjanov optik tolali kabellar yotqizishda milliy standartlarining mavjud emasligi, M.M.Sabirov optik tola sifatini tekshirish uchun usul va instrumental vositalarining yo‘qligi, paketli kommutatsiyada va IP-tarmoqlardagi ma’lumot uzatish, trafik muammolari haqida;

— BRM filialidan A.A.Kadirov yangi xizmatlarni tashkil etishda aloqa kanallaridagi sifatning pastligi, tarmoqda IP-manzillarning etishmasligi muammolari haqida;

— BKM filialidan SH.M.Karimov IMS tizimini joriy etish va bu tizim uchun yangi xizmatlarni tashkil etish muammolari haqida;

— Billing telekom filialidan X.X.Karimov IMS tizimida tashkil etilayotgan xizmatlarni tariflash muammolari haqida ma’lumot berib, bu muammolarini TATU bilan hamkorlikda yechish mumkinligi haqida gapirishdi.

Davra suhbati yakunida TATU professor-o‘qituvchilari va sohaning yetakchi mutaxassislari sanab o‘tilgan muammolar ustida hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib olishdi.

Davra suhbatini TATU ITI prorektori Z.T. Hakimov soha korxonalari mutaxassislarini universitetda tadqiqot ishlarini olib borish va doktorlik dissertatsiya ishlari ustida ishlashga taklifi bilan yakunlandi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq