O‘zbekistonda «Uzreport TV» telekanali ishga tushirildi
28.04.2014
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

uz_28_04_2014

28 aprelda O‘zbekistonda test rejimida “Uzreport TV” telekanali efirga chiqarildi. Kanal raqamli TV-tyunerga ega bo‘lgan televizion qurilmalarda ko‘rilishi mumkin.

“Uzreport TV” kanali faol odamlarga mo‘ljallangan zamonaviy yangiliklar va biznes-kanali sifatida talqin etiladi. Efirga uzatish har soatda yangilanuvchi O‘zbekiston hamda xorijdagi siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, ijtimoiy va biznes xarakterdagi yangiliklar bilan uchta tilda amalga oshiriladi. Dasturlar qatoridan yangiliklardan tashqari, tahliliy mualliflik dasturlari, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, jumladan moliya bozorlari bo‘yicha sharxlar va ekspertlar izohlari mutaxassislar bilan interaktiv rejimdagi suhbatlar va intervyular, shuningdek ijtimoiy-ma’rifiy hamda ilmiy-o‘rganish hujjatli filmlari o‘rin oladi.

Telekanalning yana bir alohida xususiyati bu – uning nodavlat ekanligi. “Uzreport TV” bugungi kunda biznes-axborot maydonida «Uzreport.uz» internet-portali orqali taqdim qilinuvchi “UzReport” Axborot agentligining telekanali hisoblanadi. Biznes-axborotning mazkur internet-manbasi 1999 yilda tashkil etilgan.

“Uzreport TV” “UzReport” Axborot agentligi tomonidan olingan telekorsatuvlarni tarqatish tarmoqlari xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining litsenziyasi asosida efirga chiqariladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq