Imagine Cup 2014 milliy final kubogi O‘zbekistonda
28.04.2014
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

be_28_04_2014

25 aprel kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Imagine Cup” eng yirik xalqaro texnologik tanlovining Milliy Final yakunlariga bag‘ishlangan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Microsoft kompaniyasi tomonidan BePro dasturchilar markazi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning turli o‘quv yurtlari aspirant va talabalari o‘rtasida tashkil etildi.

Final bosqichida 4 jamoa ishtirok etdi. Iste’dodli yoshlar hakamlar xay’atiga uch toifadagi loyixalarni taqdim etishdi: Social (ijtimoiy ahamiyatga molik loyixalar), Innovations (iinovatsion ilovalar) va Windows Phone (Windows Phone operatsion tizimida ishlovchi smartfonlar uchun ilova).

be_28_04_2014_1

Hakamlar tarkibiga Microsoft ekspertlari, shuningdek mamlakatimiz axborot texnologiyalari sohasining Softline, Olsoft, Active Cloud kabi yetakchi kompaniyalar raxbarlari kirdi.

G‘oliblikni “BePro Juniors” (BePro yoshlari) jamoasi vakillari qo‘lga kiritdi. Mazkur jamoaning “Easy Vision” nomli loyixasi daltonizm (rangni farqlash qobiliyatining buzilishi) bilan hastalangan insonlarga ularni qiziqtirayotgan buyumlarning ranglari haqida Windows Phone uchun mo‘ljallangan mobil ilova yordamida ma’lumot olish imkonini beradi. Bu ilovadan avtotransport xaydovchilari, daltonizm tashhisini qo‘yish uchun otolaringolog shifokorlar, rang ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda (kiyim, dizayn va hokazo) ishlovchi oddiy insonlar foydalanishi mumkin. G‘olib-jamoa Microsoft kompaniyasi va uning xamkorlaridan maxsus sovrinlarni qo‘lga kiritdi. E’tirof etish joizki, barcha ishtirokchilar Microsoft xamkorlari tomonidan kelgusida o‘z loyixalarini rivojlantirishlari uchun qattik disk, Wi-Figa ulanish imkoniyati va hisob-kitob qilish quvvatlari kabi sovrinlar bilan rag‘batlantirildi.

be_28_04_2014_2

Matbuot-anjumanida Microsoft kompaniyasining Qozog‘iston va O‘zbekistonda dasturchilar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis Andrey Andreyev, Microsoft kompaniyasining O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish bo‘yicha menedjer Ravshan Karimov va BePro dasturchilar markazi bosh direktori Abduvoitjon G‘afurov so‘zga chiqishdi. Ular “Imagine Cup” tanlovi haqida ma’lumot berib, jurnalistlarning savollariga javob berishdi.

be_28_04_2014_3

“Yoshlarimiz orasida zamon talablariga mos shart-sharoitda puhta bilim olib, olamshumul yangiliklarga qo’l urayotgan yigit-qizlar ko’plab topiladi, – deydi BePro dasturchilar markazining bosh direktori Abduvoitjon G’afurov. – Xususan, bizning markazda ham ana shunday faol, bilimdon yoshlar innovatsion loyixalari bo’yicha o’qib izlanishmoqda. Shu bois ular kabi navqiron dasturchilarni qo’llab-quvvatlash maqsadida xorijlik xamkorlar bilan birgalikda bir necha tadbirlar rejasini ishlab chiqqanmiz. Mamlakatimizda birinchi marotaba o’tkazilayotgan “Imagine Cup” xalqaro tanlovi ham shular jumlasidandir”.

be_28_04_2014_4

“Imagine Cup” – Microsoft ko‘magida 2003 yildan beri har yili o‘tkazib kelinadigan jahondagi eng yirik texnologik tanlovdir. Tanlovda jahonning turli mamlakatlaridan aspirant va talabalar yakka yoki jamoaviy tarzda ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar yorqin g‘oyani kashf kilib, uning prototipini zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida amaliyotga tatbiq etishi lozim. Bellashuv “o‘yinlar”, “innovatsiyalar” yoki “ijtimoiy loyixalar” kabi uch toifada o‘tkaziladi.

2014 yilgi navbatdagi jahon final bosqichi Microsoft kompaniyasining Redmonddagi bosh ofisida bo‘lib o‘tadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq