“Beeline Club” imtiyozli karta egalariga 24 turdagi chegirmalar taqdim etmoqda
28.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK)”Gold” va “Platunum” imtiyozli kartalari egalariga butun O‘zbekiston bo‘ylab 230 kompaniya chegirmalar taqdim etayotgan “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘ining statistikasini taqdim etmoqda.

beeline_28_04_2014

Hozirgi kunda “Beeline Club” Toshkent, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoi, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz va Farg‘ona shaharlarida xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan 42 restoran, 30 butik, 62 ko‘ngilochar maskanlar va 65 kompaniyalarni birlashtiradi, hammasi bo‘lib esa bonus dasturida barcha faoliyat turlari bo‘yicha 24 turdagi hamkorlar taqdim etilgan.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov quyidagilarni belgiladi: “Yil sayin nafaqat “Beeline Club”ning ishtirokchilari, balki hamkorlarining ham soni oshmoqda: va bu foydalanuvchilarning mahkam ishonchini qozongan O‘zbekistonning eng avvalgi va muvaffaqiyatli bonus dasturlaridan biridir. Aynan shuning uchun o‘tkan yili biz uni kengaytirdik, bundan tashqari yig‘ilgan ballarni zamonaviy telefon, router va modemlarga almashtirish imkonini berdik”.

Eslatib o‘tamiz, “Beeline”ning har bir mijozi *777# raqamiga bepul so‘rov jo‘natib, sovg‘a sifatida birinchi 20 ballni qo‘lga kiritib, “Beeline Club” a‘zosi bo‘lishi mumkin. Qolgan bonuslar kompaniya xizmatlaridan odatiy foydalanish davomida olinadi: ro‘yhatdan o‘tgan dastur ishtirokchilari endi telefon orqali muloqot qilib nafaqat sarf qiladilar, balki bonuslarni qo‘lga kiritadilar.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq