Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida 2014 yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi
28.04.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

2014 yilning 25 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida sohaning joriy yil birinchi choragi yakunlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilish va rivojlantirish, faoliyatning istiqboldagi maqsad-vazifalari hamda yo‘nalishlarini belgilab olishga bag‘ishlangan navbatdagi hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qo‘mitaning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi aksiyadorlik kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek sohaning hududiy tashkilotlari xodimlari yig‘ilishni videokonferensiya shaklida kuzatib borishdi.

Hay’at yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2014 yilning birinchi choragida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya tizimida faolit ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 23,0 % ga, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 19,0 % ga o‘sgan.

2013 yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga asosan korxonalarning o‘z mablag‘lari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga o‘zlashtirilishi ko‘zda tutilgan mablag‘lar rejasi 167 foizga bajarildi.

Xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 11,2 Gbit/s.ga yetdi.

Keng polosali texnologiyalar asosida, jumladan FTTx arxitekturasi hamda xDSL texnologiyasini rivojlantirish uchun o‘rnatilgan portlar soni 583,9 mingtaga yetkazildi (2014 yil boshida 575 mingta bo‘lgan).

Ayni kunda dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilarining milliy reyestriga bugunga qadar 47 ta kompaniya ro‘yxatga kiritilgan.

Hay’at yig‘ilishida qayd etilganidek, davlat organlari va ulardagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga mas’ul bo‘linmalar va “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi o‘rtasidagi o’zaro aloqalar samaradorligini oshirish muhim masal hisoblanadi.

Bir guruh mutaxassislar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat” to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqilib, ko‘rib chiqib, taklif va fikr-mulohazalarini bildirish uchun vazirlik va idoralarga taqdim qilingan. Ayni paytda qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha muhokamalar olib borilmoqda.

Shunihgdek Hay’atda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali holati, istiqboldagi vazifalar, yangi xizmatlarni qo‘shish masalasi ham muhokama qilindi. Hisobot davrida Yagona portal orqali aholi tomonidan davlat organlariga 12 mingdan ziyod murojaatlar yo‘llangan. Aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida, yil boshidan buyon 20 dan ziyod interaktiv xizmatlar (jami 180 ta) joriy qilindi.

«ZiyoNET» portaliga ta’lim va tarbiyaviy mavzularga daxldor 15,260 ta videomaterial, xorijiy tillarni o‘rganishga qaratilgan 1 373 material joylashtirilgan. «ZiyoNET» katalogidagi saytlar soni 1,179 taga yetdi. Birinchi chorak yakunlariga ko‘ra saytga 75 mingta resurs joylashtirilgan.

Elektron raqamli imzo foydalanuvchilari soni 580,2 mingtaga yetib, yil boshiga nisbatan o‘sish 154 % ni tashkil qildi.

Yig‘ilishda pochta aloqasini aloqa-axborotlashtirish vositalari orqali modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Pochta aloqasining kompyuterlashtirilgan obyektlari soni 1,708 taga yetgan bo‘lib, yil boshidan buyon elektron pul aylanmalari tizimiga qo‘shimcha 161 ta ish o‘rni ulandi. Shu bilan birgalikda, jami 1287 pochta obyektlaridagi ishchi o‘rinlari mazkur tizimga o‘tkazildi.

«O‘zbekiston pochtasi» OAJ faoliyati tanqidiy o‘rganib chiqilib, jamiyat tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan

O‘zbekistan Respubliki Prezidentining 2014 yil 15 apreldagi № PQ-2164-son qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan birinchi galdagi vazifalar alohida ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududlarda AKTni joriy qilish holati ham tanqidiy ko‘rib chiqilib, Qo‘mitaning bo‘limlari, hududiy boshqarmalari boshliqlariga, shuningdek soha korxona va tashkilot rahbarlariga joylarda zamonaviy internet xizmatlarini joriy qilish va rivojlantirishga doir zarur chora-tadbirlarni ko‘rish vazifasi yuklandi.

Hay’at yig‘ilishida istiqboldagi vazifalar ham ko‘rib chiqildi. Xususan, birinchi navbatda axborot texnologiyalarini joriy qilinishiga oid quyidagi masalalar:

— Tadbirkorlar uchun hisobotlarni va davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni elektron shaklda “yagona oyna” tamoyili asosida amalga oshirish imkonini beruvchi “shaxsiy kabinet”ini yaratish;

— “Elektron hukumat” tizimining muayyan loyihalarini joriy qilish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish;

— Viloyat, tuman va shahar hokimiyatlari tomonidan ruxsat berish va litsenziyalash xarakteridagi jarayonlarni bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazish.

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasiga “O‘zbekiston Respublikasining tuman markazlarigacha “O‘zbektelekom” AK magistral tarmoqlarini kengaytirish va salohiyatini oshirish“, “O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida EVDO texnologiyasidan foydalangan holda CDMA-450 mobil tarmog‘ini rivojlantirish”, “FTTx texnologiyasiga asoslangan keng polosali optik tarmoqlarni rivojlantirish” loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha vaxifalar yuklatildi.

Hay’at yig‘ilishida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq