CLICK – 200 000dan ortiq foydalanuvchilarning tanlovi!
27.04.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

CLICK kompaniyasi tizim foydalanuvchilari sonining 200 000 kishidan ortganini mamnuniyat bilan xabar qilmoqda. Ta’kidlash lozimki, oxirgi 2 oyning o‘zida foydalanuvchilar soni 100 000 ko‘proq kishiga oshdi.

Foydalanuvchilar sonining jadal suratlarda o‘sishi kompaniyada qabul qilingan rivojlanish strategiyasining natijasidir. Ushbu strategiya tizim foydalanuvchilariga o‘z hisob-raqamlarini va plastik kartochkalarini boshqarishda maksimal darajada qulayliklar yaratishni, kundalik hayotlarida turli to‘lovlar o‘tkazishda keng imkoniyatlarni ochishni ko‘zda tutadi.

Bugungi kunga kelib, tizim foydalanuvchilari qirqqa yaqin hamkorlarning turli xizmat va tovarlariga to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega. Bular ichida telekommunikatsiya kompaniyalari (O‘zbekiston Respublikasining barcha mobil aloqa operatorlari, yirik internet-provayderlari, shahar va xalqaro aloqa xizmatlari), raqamli televideniye operatorlari va shu bilan birga, turli xil veb-sayt va onlayn-do‘konlar mavjud. Shuni aytish lozimki, ushbu hamkorlar ro‘yxati doimiy ravishda, kengayib bormoqda va buning natijasida foydalanuvchilarimizning kundalik hayotida qo‘shimcha qulayliklar va imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu bilan birga, bu yo‘nalishda Respublikamiz hukumati tomonidan elektron to‘lovlarga va elektron tijoratga qaratilayotgan e’tibori muhim ahamiyatga ega.

“Qisqa vaqt mobaynida kompaniyamiz 200 000 dan oshiq kishining ishonchiga sazovor bo‘ldi. Biz ushbu insonlarning har biri ko‘rsatgan ishonchini va tanlovini juda qadrlaymiz va shu munosabat bilan aytish lozimki, kompaniyamiz rivojlanishi etishgan natijalarida to‘xtamasligini va undan buyon ham rivojlanishini tasdiqlamoqchiman. Kompaniyamiz elektron tijorat va onlayn xaridlar sohasidagi hamkorlarning sonini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bugunga kelib, GRIL.UZ, AVTECH.UZ va BEANBAG.UZ kabi onlayn-do‘konlarda CLICK tizimimiz orqali to‘lovlarni amalga oshirgan foydalanuvchilarimiz uchun 10 foizgacha chegirmalar joriy qilindi. Bunday imkoniyatlar bundan buyon kengayib boradi. Hozirgi kunda turli mobil telefon, uy elektronikasi, oziq-ovqat va boshqa kunlik tovarlarni sotadigan do‘konlarni ulatish harakatidamiz. Bu esa foydalanuvchilarimizga yaqin payt ichida yangi onlayn-xaridlar imkoni, va shu bilan birga, hamkorlarimizdan ajoyib va foydali takliflarning ochilishini bildiradi”, deb ta’kidladi “CLICK” kompaniyasining direktori Ulug‘bek Rustamov.

Fursatdan foydalanib, CLICK kompaniyasi barcha foydalanuvchilariga, banklarga va hamkorlarga “CLICK” mobil va internet-banking tizimiga bildirgan ishonchlari va tanlovlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq