Bugun “Beeline”ning barcha ofislarida “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” faxriylar uchun aksiya start oldi
25.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari uchun “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” katta aksiyasining boshlangani haqida xabar beradi. Bugungi kundan boshlab kompaniyaning barcha 28 ofisida uyali so‘zlashuv punktlari ochildi, u yerdan frontoviklar va front orti mehtatkashlari dunyoning istalgan nuqtasiga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin.

“Beeline” shaxsiy ofislarini oson identifikatsiya qilish uchun u yerlarda aksiyaning maxsus imidji joylashtiriladi. “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasi O‘zbekistonning 20ta yirik shaharlarini qamrab oladi — Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Guliston, Samarqand, Jizzax, Qarshi, Termiz, Buxoro, Navoi, Nukus, Urgench, Denau, G‘ijduvon, Zarafshon, Shaxrisabz, Angren va Marg‘ilon.

beeline_25_04_2014

“G‘alabaning 69 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan muhim tadbirlarni o‘tkazishga o‘z xissamizni qo‘shish – biz uchun katta sharaf, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov. – Bu yil aksiya oltinchi marotaba respublikaning o‘nlab yirik shaharlarini qamrab olgan holda yanada keng miqyosda bo‘lib o‘tadi. Fahriylarimizga boshqa mintaqa va shaharlardagi yaqinlarining va polkdoshlarining ovozlarini eshitish va ular bilan xotiralarni bo‘lishish kabi yoqimli imkoniyat sovg‘a qilishga umid qilamiz”.

Eslatib o‘tamiz, “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasi 25 apreldan 10 maygacha O‘zbekistonning 20ta shahrida 9 may – Xotira va Qadrlash Kuniga bag‘ishlangan holda bo‘lib o‘tmoqda.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq