“Beeline”dan ommabop “Informer” xizmatining yangilanishi
25.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) “Informer” mavjud xizmatiga kiritilgan saytlarning ro‘yhati kengaygani haqida xabar beradi. Endi ushbu xizmat doirasida uzdaily.uz, pgd.uz, google.uz, translate.google.co.uz, pochta serveri mail.ru va wapedia.org saytlarining mobil versiyasidan bepul foydalanish mumkin.

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati direktori Oraz Abdurazakov shunday dedi: “So‘ngi paytda aloqa vositasi, kompyuter, kamera, organayzer, va boshqa foydali vazifalarni o‘ziga qamrab olgan uyali telefonda ta’lim va biznes uchun barcha kerakli narsalarga ega bo‘lish – bu juda qulay. Mana shuning uchun “Informer” xizmatiga har kuni foydalaniladigan eng ommabop saytlar kirdi”.

“Informer” xizmatini yoqish kodi *110*80# Abonent to‘lovi – kuniga $0,20. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq