«O‘zbektelekom» AK chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi «Yagona markaz» 13ta mintaqaviy markazlarining ochilishi
24.04.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

uztel_24_04_2014

24-aprel kuni «O‘zbektelekom» AK chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi Yagona markaz (CHXKYAM) loyihasini joriy etish doirasida 13ta mintaqaviy markazlarining ochilish marosimi videokonferensaloqa seansi vositasida o‘tkazildi.

uztel_24_04_2014_1

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martda qabul qilingan PQ 1730 sonli «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga va 2013-yil 27-iyundagi PQ 1989 sonli «O‘zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq amalga oshirildi.

uztel_24_04_2014_2

Toshkent shahrida dastlabki «09» ma’lumotlar xizmati 1936-yilda ochilgan, 2003-yilda Ma’lumot-axborot xizmati (MAX), 2009-yilda MAX bazasida zamonaviy Call-markaz tashkil etilgandi, 2014-yilda esa chaqiriqlarga xizmat qiluvchi Yagona markazni yaratish bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazildi.

uztel_24_04_2014_3

2014-yil 24-aprel kuni axborot xizmatlarining evolyutsion rivoji sifatida 13ta hudud bo‘yicha tarqoq Chaqiriqlarni qayta ishlash markaz (CHQIM)larini birlashtirib, Chaqiriqlarni qayta ishlash yagona markazi (CHQIYAM) tizimi joriy etildi. CHQIYAM’ning o‘ziga xos xususiyati hududiy joylashganligidan qat’iy nazar, iste’molchilarga ham, CHQIM’ning o‘ziga ham ko‘rsatiladigan barcha CHQIM xizmatlari turlarini to‘liq taqdim etish imkoniyati yuzaga kelganligi bo‘lib hisoblanadi.

Shuni ham ta’kidlash zarurki, CHQIYAM mijozlarga yagona va qulay indekslar, operatorlarga esa katta yuklama bo‘lgan vaqtlarda yuqori darajada qarshi barqarorlik va chaqiriqlarni taqsimlash xizmati bilan ta’minlaydi.

«O‘zbektelekom» AK Chaqiriqlarni qayta ishlash yagona markazi bu:

  • Yagona axborot muhitida mintaqaviy markazlarining birlashtirilishi.
  • Boshqaruv va kommutatsiya xizmatlari bilan yagona amal qiluvchi markaz kiruvchi qo‘ng‘iroqlari umumiy oqimining taqsimlanib, qayta ishlanishi.
  • Hududiy tarqoq CHQIM turli ma’lumotlar-axborot xizmati bo‘yicha chaqiriqlarni qayta ishlashni intellektual avtomatlashtirilishi.
  • Hududiy joylashishiga bog‘liq bo‘lmagan holda mijozga alohida, yuqori darajada xizmat ko‘rsatish darajasini taqdim etilishi.
  • Yuqori darajada FHga qarshi barqarorligi.
  • Kiruvchi yuklamalarning boshqarish va qayta taqsimlashda qulayligi.
  • Taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatining kengayishidan iborat.

Yaratilgan CHQIYAM infrastrukturasi kichik va yirik biznes korxonalariga butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab autsorsing xizmatlarining keng turlarini ko‘rsatish imkonini beradi. CHQIYAM orqali davlat ijtimoiy va iqtisodiy dasturlariga ma’lumotlarni tahlil etish uchun statistik axborotlarni jamlash bo‘yicha, shuningdek, mamlakatimiz barcha mintaqalari bo‘ylab fuqarolarning davlat xizmatlari va idoralari bilan yuqori darajada qulay va samarali muloqotni amalga oshirishlari uchun imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

uztel_24_04_2014_4

«O‘zbektelekom» AK Chaqiriqlarni qayta ishlash yagona markazi (CHQIYAM) loyihasining joriy etilishi 220ta yangi ishchi o‘rni yaratilishiga va aloqa sohasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridan 170 nafar bitiruvchilarni hamda O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa ta’lim muassasalaridan 50 nafar mutaxasisni ishga qabul qilish imkonini berdi. Yangi markazlarning barcha xodimlari tanlov asosida saralab olindi hamda mintaqaviy markazlarda ishlash uchun zarur bo‘lgan o‘quv kurslarida bilim oldilar.

Shuningdek, Respublika miqyosida joriy etilgan Chaqiriqlarni qayta ishlash yagona markazi davlat va xususiy xizmatlarning o‘zaro hamkorligi tizimining yangi turlarini rivojlantirishda infrastrukturali asos bo‘lib hisoblanadi.

Mazkur loyihani amalga oshirish mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmoqlari rivoji hamda global axborot tizimiga milliy axborot infrastrukturasi integratsiyasining navbatdagi bosqichi bo‘ladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq