“Beeline” Vestminster universitetining vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etadi
24.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) Toshkentdagi Halqaro Vestminster Universitetidagi an’anaviy vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etadi. Tadbir 25 aprel kuni o‘quv yurti binosida bo‘lib o‘tadi va bitiruvchi kurs talabalarini har yillik HR-maydonchasiga yig‘adi.

beeline_24_04_2014_1

“Bizning kompaniyamiz va Halqaro Vestminster Universitetini ko‘p yillik muvaffaqiyatli hamkorlik va qadrli kadrlarni ishga joylashtirish birlashtiradi, — deydi “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — Bu munosabatlar ishonch va katta tajribaga asoslangan, chunki bu yerda ko‘plab zamonaviy yo‘nalishlar, shu borada IT va menejment bo‘yicha yosh mutaxassislar tayyorlanadi. Ishonaman, ushbi foydali tadbir doirasida iste’dodli bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochiladi, va aynan ular ish taklifini qo‘lga kiritadilar”.

Vakansiyalar yarmarkasi soat 15:00dan 18:00gacha bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida ish beruvchi kompaniyalar taqdimotlari, masret-klasslar va HR-maslahatlar berilishi rejalashtirilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq