“Beeline” O‘zbekistonning 20ta shaharida savdo va xizmat ko‘rsatish shaxsiy ofislarining tarmog‘ini kengaytirdi
24.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) butun respublika bo‘ylab shaxsiy salonlar tarmog‘i kengaytirilgani haqida xabar beradi. Bugungi kunda O‘zbekistonning 20ta yirik shaharlarida 28ta rasmiy savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari faoliyat yuritmoqda.

“Barcha aholi punktlarini qamrab olgan va keng tarqalgan minglab diler tarmoqlarining mavjud bo‘lishiga qaramay, biz shaхsiy ofislarni rivojlantirishga ahamiyat bermoqdamiz, – deydi “Unitel”ning omaviy bozorda savdolar bo‘yicha direktori Maksim Yefremov. – Bu mijozlarga xizmat ko‘rsatishga xizmatning yangi standartlari va innovatsiyalarni taqdim qiladi, mijozlarning ishonchini mahkamlaydi va ular uchun xizmatlarimizdan foydalanishni osonlashtiradi. Bundan tashqari, faqat bizning ofislarimizda bajarilishi ko‘zda tutilgan qator opsiyalat ham bor: SIM-kartalarni qayta rasmiylashtirish va almashtirish yoki xisobni detalizatsiya qilishni nazarda tutayapman”.

beeline_24_04_2014

“Beeline”ning savdo va xizmat ko‘rsatish shaxsiy ofislari Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Guliston, Samarqand, Jizzax, Qarshi, Termiz, Buxoro, Navoi, Nukus, Urganch, Denau, G‘ijduvon, Zarafshon, Shaxrisabz, Angren va Marg‘ilon shaharlarida faoliyat yuritishmoqda. 2014 yilning oxiriga qadar kompaniyaning yana bir nechta rasmiy salonlarining ochilishi rejalashtirilgan.

Ofislarning manzillari – www.beeline.uz saytida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq