“Beeline” Janubiy hududiy filialiga – 7 yil
23.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida xizmat ko‘rsatuvchi Janubiy hududiy filialning (JHF) 7 yillik faoliyati yakunlarini sarhisob qilmoqda.

Faoliyat yakunlarini sarhisob qilar ekan, “Unitel”ning hududiy rivojlantirish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov quyidagilarni qayd qildi: “Oxirgi yetti yil ichida biz nafaqat baza stansiyalarining sonini o‘n barobarga oshirdik, balki 3G texnologiyasini o‘nlab shahar va tuman markazlarda ishga tushirib oldinga sifatli qadam tashladik. Biroq “Beeline”ning rahnamoligi nafaqat innovatsion rivojlanish bilan, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatishning doimiy o‘sishi bilan ta’minlangan: Qashqadaryo va Surxondaryoda bizning salonlarning soni besh barobardan ortiqqa o‘sdi”.

beeline_23_04_2014_1

2007 yil mart oyida filial ishga tushgan paytdan beri 3G tarmog‘i o‘nlab aholi punktlari va tuman markazlarida ishga tushirildi, abonentlar soni esa 23 barobarga o‘sdi.

“Shu yillar davomida abonentlarimizni qulay xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlash uchun ulkan ishlar amalga oshirildi, — deydi Unitel JHF direktori Ulug‘bek Ahmedov. – Biz ikkala viloyatning millionlab aholisining nafaqat ishonchi oqlashga, balki haqiqatdan ham xalq operatori bo‘lishga intilamiz. O‘ylaymanki, buni biz yaxshi uddalayapmiz, hatto barcha yaxshi ko‘radigan “Nasaf” futbol komandasi ham bizning avvaldan mijozimiz bo‘lib kelmoqda”.

Janubda korporativ yo‘nalish ham tez rivojlanmoqda: “O‘zgeoneftegazburg‘ilash” AK, “Mubarek nefnegaz”, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, “Janubiy gaz” viloyat boshqarma va filiallari, “Paxta tozalash” OAJ, “Qarshi lokomativ Depo TB-8”, “Qashqadaryo hududiy elekrotarmoq”, “Hududiy temir yo‘l boshqarmasi” kabi eng yirik hududiy kompaniyalar “Beeline Busines” foydasiga o‘z tanlovlarini amalga oshirdilar.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq