“Beeline” va “Samsung” birgalikda bonusli aksiya o‘tkazmoqda
22.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

“Samsung” va “Beeline” “O‘z “GALAXY”ngni “Beeline” bilan tanla!” ulkan aksiyaning boshlangani haqida xabar bermoqdalar. 20 apreldan 20 iyulgacha “Samsung” smartfonlarining Galaxy Star, Galaxy Star Plus, Galaxy Trend yoki Galaxy Ace 3 modellaridan biri harid qilinganda, haridor eng yirik operatordan quyidagi bonuslarni qo‘lga kiritadi: tarmoq ichida 300 daqiqa, tarmoq ichida 300 SMS va yarim yil mobaynida har oy 300 Mb mutlaqo bepul.

“Dunyo giganti “Samsung” bilan hamkorligimiz bir necha yil davomida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, va bu vaqt ichida minglab mijozlarimiz oldi devayslarning sifatini baholadilar, – deydi “Unitel”ning tijorat direktori Dmitriy Grigoryev. – “Beeline” abonentlari uchun yangi eksklyuziv aksiya – bu innovatsiya va iste’molchilarga bo‘lgan g‘amho‘rlik va xarajatlarsiz ularning smartfonlari nimalarga qodirligini bilish uchun berilgan yagona imkoniyatdir”.

beeline_22_04_2014

“Beeline”dan bonusga ega bo‘lish uchun smartfon harid qilinayotgan paytda sotuvchi to‘ldirilgan muhrli kafolat cheki va harid uchun chekni taqdim qilishi darkor. Aynan shu xujjatlar “Beeline”ning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarining kiraverishida joylashgan promo-nuqtalarda ko‘rsatiladi. U yerda sovg‘a kuponi olib u bilan birga pasportni bonuslarni olish uchun operatorga ko‘rsatish lozim. Agar smartfon egasi avvaldan “Beeline” abonenti bo‘lsa, uning mavjud raqamiga bonuslar taqdim qilinishi mumkin.

beeline_22_04_2014_1

Voqeani sharhlar ekan, “Samsung” telekommunikasiyalar bo‘limi rahbari Shinvung Min shunday dedi: ““Beeline” O‘zbekistonda 10 milliondan ortiq abonentlarga xizmat ko‘rsatadi, va bizning mo‘ljal –“Samsung” mahsulotining an‘anaviy sifati bilan ta‘minlab, ularning ishonchini oqlash. Hozirgi aksiyaning o‘ziga hosligi shundagi, u “Beeline”ning mavjud va imkoniyatdagi mijozlari uchun yo‘naltirilgan, shu bilan birga operator salonlarida taqdim qilinmagan model qatorini qamrab olgan. Shunday ekan, ajoyib bonus va sovg‘alar bilan haridorlarda tanlash imkoniyati oldingidan ham keng”.

beeline_22_04_2014_2

Aksiyada ishtirok etish va sovg‘a kuponini olish uchun promo-nuqtalarning manzillari:

Shahar Manzil
Toshkent Kichik halqa ko‘ch., “Fleshka” texnomarkazi (sobiq “Malika” fabrikasi)
Farg‘ona Terak mozor ko‘ch.,109а, “Beeline” ofisi yaqinida
Qo‘qon Istambul ko‘ch.,59, “Beeline” ofisi yaqinida
Andijon Boburshox ko‘ch., 22, “Beeline” ofisi yaqinida
Namangan Boburshox ko‘ch., 9, “Beeline” ofisi yaqinida
Samarqand Mustaqillik ko‘ch., 17, “Beeline” ofisi yaqinida
Qarshi Karlukbagot ko‘ch., “Beeline” ofisi yaqinida
Buxoro Bahauddin Naqshbandiy ko‘ch.,168, “Beeline” ofisi yaqinida
Navoi Zarapetyan ko‘ch., 18, “Beeline” ofisi yaqinida
Nukus Dosnazarov va Turon ko‘chalarining kesishib o‘tgan joyi, “Beeline” ofisi yaqinida
Urgench Tinchlik ko‘ch., “Beeline” ofisi yaqinida

O‘zbekiston hududida harid qilingan va 1 yillik rasmiy kafolati bo‘lgan Galaxy Star, Galaxy Star Plus, Galaxy Trend va Galaxy Ace 3 modelli smartfonlar aksiyada ishtirok etishadi. Bonuslar telefon raqami egasiga yoki yangi abonentga “Beeline”ning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida pasport, kafolat taloni, qutidagi telefon va sovg‘a kuponi taqdim etilgan holda beriladi. Bonuslarni olish uchun kupon 2014 yilning 15 iyuliga qadar amal qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq