“Beeline” Toshkentdagi MDIS vakansiyalar yarmarkasida ishtirok etadi
22.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) 24 aprel kuni Toshkentdagi Singapur Menedjmentni Rivojlantirish Institutida (MDIS) “Career Fair” har yillik yarmarkalar vakansiyasida ishtirok etadi. Tadbir doirasida HR-mutaxassislari institutning to‘rtinchi kurs bitiruvchi talabalariga kompaniyadiga bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berishadi, barcha qiziqtirgan savollarga javob berishadi va “Beeline” rezyume shaklini to‘g‘ri to‘ldirishga yordam berishadi.

beeline_22_04_2014_3

“Tashkent MDIS vakansiyalar yarmarkasida ishtirokimiz bejiz emas: har yili bu yerdan moliya, marketing, menedjment, buxgalterlik hisob sohalarida ishga tayyorlangan yosh malakali mutaxassislar chiqishadi, — deуdi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. — Aynan shu darajali mutaxassislar muvaffaqiyatli rivojlanish uchun “Beeline”ga kerak, chunki butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab abonentlarga g‘amho‘rlik qilishni biz ularga ishonamiz”.

“Career Fair” vakansiyalar yarmarkasi 24 aprel kuni soat 15:00dan 18:00gacha Toshkentdagi Singapur Menedjmentni Rivojlantirish Institutida bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida ishtirokchi kompaniyalar taqdimoti va master-klasslar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq