«O‘zbektelekom» AK Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar VII Respublika yarmarkasida
21.04.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

yar_21_04_2014

2014-yil 23-25aprel kunlari «O‘zekspomarkaz» MKM» OAJ 1-pavilyonida Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar VII Respublika yarmarkasi o‘tkaziladi. Aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxonalari yarmarkada bir necha stendlar bilan ishtirok etadi.

Yarmarkada «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi quyidagi ishlanmalar bilan ishtirok etadi:

  • «Obyektlar holatini nazorat qilish universal sxemаsi». Mazkur ishlanma onlayn rejimida qo‘riqlanayotgan obyekt yonib ketishi, nam tushishi va ruxsat etilmaganlarning kirishi kabi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha obyektlar holatini nazorat qilish imkonini beradi.
  • «Shahar energiya tarmog‘ida uzilish va ruxsatsiz binoga kirishni nazorat etuvchi MSAN signalizatsiyasi». Mazkur MSAN ishlanmasi o‘zida shahar energiya tarmog‘ida uzilish va ruxsatsiz binoga kirish holati sodir bo‘lish sxemasini va bu haqda EATS xodimlarini xabardor etib, signal berishni namoyish etadi. Mazkur ishlanmani joriy etish avariyaviy holatlarni tezkor aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi, shuningdek, MSAN uskunasiga zarar yetkazish hamda o‘g‘irlashning oldini oladi.
  • «MSAN energiya tarmog‘ini haddan tashqari zo‘riqishdan himoya qilish sxemasi». Mazkur ishlanma o‘zida, quvvat tarmog‘ida, sakrash tarzida, energiya oshib ketishi yoki tushib ketishidek, o‘zgarishlar bo‘lgan damlarda akkumulyator ta’minotida MSAN uskunasidagi raqamli qurilmani namoyish etadi.
  • Mahalliy bozor uchun CDMA-450 standarti bo‘yicha mobil telefonlar va planshet kompyuterlarning ishlab chiqarishni tashkil etish.
  • DSL standarti bo‘yicha Home Gateway telekommunikatsiya uskunalarining ishlab chiqarilishi.

VII innovatsion yarmarkasida 5ta yo‘nalish: sanoat, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika, axborot texnologiyalari, fan va ta’lim, shuningdek, transfer texnologiyasi bo‘yicha innovatsion ishlanmalar namoyish etiladi.

Ekspozitsiya «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi 1-pavilyonida joylashtiriladi.

Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar VII Respublika yarmarkasi loyiha katalogini bu yerdan saqlab olish mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq