Mart oyining natijalariga ko‘ra “Beeline” call-markaziga abonentlarning ommabop so‘rovlarining TOP-5 taligi
18.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MChJ va Buzton QK) oy natijalariga ko‘ra abonentlarning call-markaziga so‘rovlarining ommabop TOP-5taligini taqdim qiladi.

beeline_18_04_2014

Mijozlarning eng ko‘p takrorlangan murojaatlari express-kartalar, CLICK va Paynet tizimlari bo‘yicha to‘lovlar haqida, shuningdek “Ishonchli to‘lov” xizmati bo‘yicha bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda – “Beeline” tarif rejalari. Ommabopligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda mobil internetga oid ma’lumotlar – internet-paketlar va sozlash haqidagi so‘rovlar bo‘ldi. Mart reytingining to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarida – “Beeline” xizmatlari va o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish usullari – shaxsiy kabinet haqidagi savollar, xizmatlarni yoqish va o‘chirish bo‘yicha USSD-so‘rovlar, tariflarni o‘zgartirish, yoqilgan tarif rejasi va xizmatlar haqida ma’lumot olish kabi so‘rovlar qayd qilingan.

“Mart oyining natijalariga ko‘ra call-markazida milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlar muvaffaqiyat bilan ko‘rib chiqildi, – deydi mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Lyudmila Chaykovskaya. – Mijozlarga xizmat ko‘rsatish savoliga kompaniya katta ahamiyat beradi, bu bizning strategik ustuvorliklarimizdan biridir, va ishonamanki, biz “Beeline” abonentlarining ishonchini oqlaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, call-markazining bepul 0611 raqamidan tashqari abonentlar 0612 tijorat liniyasidan, shuningdek 0611.beeline.uz yagona “On-line maslahatchi” chatidan http://0611.beeline.uz foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, STATUS mijozlari xizmatiga – kecha-kunduz xizmat ko‘rsatuvchi maxsus ajratilgan kanal 0777 mavjud.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq