25 apreldan 10 mayga qadar O‘zbekistonning barcha viloyatlarida “Beeline”dan “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasi bo‘lib o‘tadi
17.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MCHJ va Buzton QK) 25 apreldan 10 maygacha O‘zbekistonning barcha viloyatlarida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” an’anaviy aksiyasini o‘tkazadi.

Butun mamlakat bo‘ylab fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 69-yilligi munosabati bilan frontoviklar hamda front orti mehnatkashlari uchun bayram tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. “Unitel”ning hududiy filiallari ushbu tantanalar doirasida “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdilar. 25 apreldan 10 mayga qadar “Beeline”ning 20 shahardagi 27ta savdo va xizmat ko‘rsatish barcha ofislarida – Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Guliston, Samarqand, Jizzax, Qarshi, Termiz, Buxoro, Navoi, Nukus, Urgench, Denau, G‘ijduvon, Zarafshon, Shaxrisabz, Angren va Marg‘ilon shaharlarida “Beeline” mobil so‘zlashuv punktlari ochiladi, u yerdan faxriylar dunyoning istalgan nuqtasiga bepul qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

“Beeline”ning hususiy ofislarini qulay aniqlash uchun u yerlarda aksiyaning maxsus qiyofalari joylashtiriladi.

beeline_17_04_2014

““Polkdoshga qo‘ng‘iroq aksiyasi” – O‘zbekistonda “Beeline”ning eng mukarram an’analaridan biri, chunki jasoratini butun mamlakat qadrlaydigan insonlarni xursand qilish uchun moyillik qiladi, – deya ta’kidladi “Unitel”ning hududiy rivojlanish bo‘yicha direktori G‘ulom Ortiqov. – Bu yil aksiya oltinchi marotaba respublikaning o‘nlab yirik shaharlarini qamrab olgan holda yanada keng miqyosda bo‘lib o‘tadi. Chin dildan ishonamanki, butun dunyo bo‘ylab faxriylar va ularning yaqinlarini yana birlashtira olamiz”.

Eslatib o‘tamiz, “Polkdoshga qo‘ng‘iroq” aksiyasi О‘zbekistonda 2009 yildan beri muvaffaqiyatli o‘tkazib kelinmoqda. Har yillik aksiya vaqti mobaynida turli mintaqalardan minglab Ikkinchi Jahon urushining qatnashchilari ishtirok etishdi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq