Litsenziyalash va ruxsat etish jarayonlari elektron ko‘rinishda amalga oshiriladi
16.04.2014
Rukn: Internet.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga muvofiq hamda litsenziyalashni va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni berish mexanizmlarini yanada soddalashtirish va arzonlashtirish, shuningdek, tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish maqsadida 2014 yil 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan «Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi № 2164-son qarori mzolandi.

Qarorga muvofiq, Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali tadbirkorlik sub’ektlari uchun ustuvor interaktiv xizmatlarni joriy etish bo‘yicha loyihalar ro‘yxati tasdiqlangan.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini va ruxsat etish tartibotlarini rasmiylashtirishni elektron shaklga o‘tkazish, shuningdek, davlat organlarining tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro elektron hamkorligini joriy etish samaradorligini baholash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan ishlarni muvofiqlashtirish va tizimli monitoring qilishni ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda 2014 yil 1 oktyabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradigan maxsus “tadbirkorlik sub’ektining kabineti” ishlashini ta’minlash vazifasi yuklatildi:

  • moliya, soliq, statistika va boshqa turdagi hisobotlarni interaktiv rasmiylashtirish va taqdim etish;
  • soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni, kommunal to‘lovlarni, litsenziya va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlar bo‘yicha ko‘rib chiqishda va ularni olishda to‘lanadigan yig‘imlarni va davlat bojlarini Internet-banking tizimi orqali to‘lash;
  • ma’lumotnomalar olish va boshqa interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish.

Qarorga muvofiq, Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali tadbirkorlik sub’ektlari uchun ustuvor interaktiv xizmatlarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni samarali tashkil etish maqsadida «UZINFOCOM» markazida istiqbolda interaktiv xizmatlarni yanada rivojlantirish maqsadida haftaning har shanba kuni tadbirkorlik subyektlari hamda tegishli vazirlik idoralar rahbarlari o’rtasida uchrashuv tashkil etilishi belgilab olindi. (uchrashuvlarda ishtirok etish yuzasidan oldindan yozilib qo’yish uchun kontaktlar: tel.:(+99871) 238-42-24, e-mail: govuz@uzinfocom.uz).

Shuningdek, eslatib o’tamiz, tadbirkorlik subyektlari, idora hamda vazirliklarning mas’ul xodimlari interaktiv xizmatlarni joriy qilinishi yuzasidan fikr-mulohazalarini uforum.uz forum maydonchasida bildirishlari hamda joriy qilinishi lozim deb topgan yangi internet xizmatlarga Yagona portal orqali ovoz berishlari mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq