Endi “Beeline Club”ning barcha restoranlari “Resto.uz”da
16.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (“Unitel” MChJ va “Buzton” MChJ QK) “Beeline Club” hamkorlik tarmog‘i va taom shinavandalari uchun milliy qidiruv tizimi – Resto.uz bilan hamkorlik boshlangani haqida xabar beradi. Endi www.resto.uz saytiga tashrif buyurivchilar qulay navigatsiya yordamida “Gold” va “Platinum” imtiyozli kartalari egalari uchun chegirmalar taqdim etilayotgan barcha muassasalarni topishlari mumkin.

“Beeline Club – O‘zbekistondagi eng muvaffaqiyatli bonus dasturlardan biri, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – “Beeline” abonentlari bizga o‘z hordiqlarini ishonishar ekan, biz ularni maksimal darajada qulayliklar bilan, shu jumladan klub imtiyozlari bo‘yicha navigatsiyalar bilan ta’minlashga intilamiz”.

beeline_16_04_2014

“Beeline Club”ga tegishli restoranlarning ro‘yhatini filtrlamoq uchun ushbu punkt ro‘parasiga belgi qo‘yish lozim, undan keyin saytning qidiruv tizimi tarmoqning barcha mavjud hamkorlari ro‘yhatini ko‘rsatadi. Shuningdek, har bir muassasaning tavsifida taqdim etilayotgan chegirmalar miqdori va O‘zbekiston shaharlarining xaritasida ularning joylashgan manzilini topish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Beeline”ning “Beeline Club”ga a’zo bo‘lgan abonentlari Andijon, Buxoro, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarkand, Toshkent, Termiz va Farg‘ona shaharlaridagi o‘nlab restoran va savdo nuqtalaridan imtiyozli foydalanishlari mumkin.

Tafsilotlar www.beelineclub.uz va www.resto.uz saytlarida.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq