“Beeline” xalqaro internet-kanal sig‘imini rekord darajadagi 2,2 Gbit/s gacha oshirdi
16.04.2014
Rukn: Mobil aloqa, Yangiliklar.
Muallif: .

Eng yirik aloqa operatori “Beeline” (Unitel MCHJ va Buzton QK) xalqaro internet-kanal sig’imi navbatdagi 2,2 Gbit/s gacha oshirilganligi haqida xabar beradi.

beelinep_16_04_2014

Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning texnik direktori Denis Kotlyarenko shunday dedi: “So‘ngi yil mobaynida muvaffaqiyatli amalga oshgan tarmoqning miqyosli kengayishi aloqa kanallariga yangi talablar qo‘yadi. Butun mamlakat bo‘ylab baza stansiyalarining sonini o‘sishi, 3G texnoligiyalarining mamlakatning barcha xududlarida rivojlanishi va 2014 yil uchun jiddiy rejalar – internet-kanalning hajmini 20%dan ortiq oshirish uchun qilgan qarorimizga aynan shu omillar ta‘sir qildi. Ishonaman, bu qadam foydalanuvchilarning ishonchini oqlagan holda, “Beeline” xizmatlarini takomillashtirishga yordam beradi”.

Eslatib o‘tamiz, ilgari “Bilayn” xalqaro internet-kanalining sig‘imi 1,8 Gbit/s ni tashkil qilgan.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq